Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng xavfsiz shaharlari reytingi e'lon qilindi
Britaniyaning Economist Intelligence Unit kompaniyasi dunyoning eng xavfsiz shaharlari an'anaviy reytingini e'lon qildi. Bu haqda tashkilot sahifasida xabar qilindi.
Reytingga Tokio yetakchilik qilmoqda, undan keyin Singapur va Yaponiyaning yana bir shahri – Osaka kelmoqda.
Shuningdek, birinchi o‘ntalikka Amsterdam, Sidney, Toronto, Vashington, Kopengagen, Seul va Melburn kirgan.
Osiyo-Tinch okeani mintaqasi shaharlari xavfsiz infratuzilma, sog‘liqni saqlash va xavfsizlik bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan.
Reytingga dunyoning 60 yirik shahri kiritilgan bo‘lib, ular 57 ko‘rsatkich bo‘yicha baholangan. Ular orasida raqamli xavfsizlik, sog‘liqni saqlash, xavfsiz infratuzilma va shaxsiy xavfsizlik kabi ko‘rsatkichlar bo‘lgan.
Reyting oxiridan Myanmadagi Yangon, Venesuyelaning Karakas va Nigeriyaning Lagos shaharlari joy olgan.
Mavzuga oid
21:21 / 06.04.2025
Allergiya belgilarini yengillashtirishga yordam beradigan tabiiy modda aniqlandi
13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam
10:54 / 09.12.2024
Tokioda tug‘ilish darajasini oshirish va ishlaydigan onalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 4 kunlik ish haftasi joriy etiladi
10:41 / 21.06.2024