Yesemurat Kanyazov yangi lavozimga tayinlandi

Yesemurat Sultamuratovich Kanyazov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 avgustdagi PQ–4428-son qaroriga asosan boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari – Toshkent davlat yuridik universitetining rektori lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati rasman xabar berdi.
U O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019 yil 29 avgustdagi 552-sht-son buyrug‘i bilan Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Yesemurat Kanyazov 2005-2011 yillarda – Adliya vaziri o‘rinbosari, 2011 yilning iyunidan Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, 2013 yilda Toshkent davlat yuridik universitetiga rektor etib tayinlangach vazir o‘rinbosari lavozimidan ketgan, 2017 yilning aprelida yana Adliya vaziri o‘rinbosari lavozimini egallagandi.
23 avgust kuni prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor vaqtida Kanyazov Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimidan olingani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Arsenal" javob o‘yinida ham "Real"ni yengdi, "Inter" "Bavariya" bilan durang qayd etib, yarimfinalga chiqdi
Sport | 02:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
Mavzuga oid

16:15 / 23.08.2019
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori ishdan olindi

10:06 / 13.06.2018
Adliya vaziri o‘rinbosari fuqarolar savollariga javob beradi

08:10 / 02.05.2017