Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy deputatlarga o‘zlarini ko‘rsatishlari uchun bir yil muhlat berdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy radada parlament deputatlari o‘zlarining samadorliklarini isbotlashlari uchun bir yil muhlat berganini ma'lum qildi.
"Sizlar o‘tgan 28 yil davomida qilinmagan ishlarni amalga oshira olgan, hech qanday mushtlashuvlar sodir bo‘lmagan parlament sifatida darsliklarga kirish imkoniga egasiz. Sizlardan butun Ukraina iltimos qiladi. Ukrain xalqi manfaati uchun faqatgina konstruktiv va mashaqqatli mehnatingiz talab qilinadi", - dedi Radaga murojaatida.
"Yoki Xudo saqlasin, eng oz – atigi bir yil faoliyat ko‘rsatgan parlament sifatida tarixga kirasiz. Amalda bu sizlar uchun sinov davri. Ishoning, Oliy radani tarqatib yuborish unchalik qo‘rqinchli narsa emas", - dedi Ukraina prezidenti.
Mavzuga oid
09:40 / 15.07.2026
Ukraina Boshqirdiston va Kubandagi neft obektlarini nishonga oldi
09:10 / 15.07.2026
Rossiya qo‘shinlari Izyumga hujum uyushtirdi
20:02 / 14.07.2026
Ukraina bosh vaziri Yuliya Sviridenko iste’foga chiqarildi
17:50 / 14.07.2026