Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Berlinda Rossiya maxsus xizmati xodimi Gruziya fuqarosini o‘ldirgani taxmin qilinmoqda
Foto : Reuters
Berlinda Gruziya fuqarosini o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs Rossiya maxsus xizmati xodimi bo‘lishi mumkin. Bu haqda Germaniyaning Spiegel, Britaniyaning Bellingcat va Rossiyaning The Insider nashrlari birgalikda o‘tkazgan surishtiruv xulosasida aytilmoqda.
Spiegel jurnalining yozishicha, u viza olish uchun taqdim etgan hujjatda o‘zini Vadim Andreyevich Sokolov deb tanishtirgan, yoshi 49 daligini, irkutsklik ekanligini va Sankt-Peterburgda ro‘yxatda turishini bildirgan.
"Rossiya milliy pasport registrida bunday ma'lumotli shaxs mavjud emas. Butun Rossiya bo‘yicha pasport ma'lumotlari bankida ham, haydovchilik guvohnomalari bazasida ham bunday ma'lumotli shaxs yo‘q", - deyiladi nashr maqolasida.
Bundan tashqari, mualliflarning ta'kidlashicha, gumondorning xorijiy pasport raqami "ilgari GRU harbiy razvedkasiga hujjatlar bergan Moskva ichki ishlar vazirligi bo‘linmasiga olib boradi".
Gruziya fuqarosi Zelimxan Xangoshvili 23 avgustda Berlinda o‘ldirilgan. Gumondor unga ikki marta o‘q uzgan, gruziyalik o‘sha yerning o‘zida jon taslim qilgan.
Mavzuga oid
15:10 / 20.05.2026
Qo‘qonda 19 yoshli qiz qotillikka qo‘l urdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
17:53 / 11.05.2026
Navoiyda kuyovini o‘ldirish uchun killer yollagan ayol ushlandi
14:45 / 11.05.2026