Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Zelenskiyni g‘alabaning 75 yilligi bayramiga Moskvaga taklif qilishga va'da berdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga Moskvada o‘tkaziladigan Ulug‘ vatan urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi tantanalarida ishtirok etish uchun taklifnoma jo‘natiladi, dedi Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 17 davlat, jumladan Fransiya, Kuba, Hindiston, Chexiya, Venesuela, Belorussiya, Armaniston, Moldaviya, Serbiya rahbarlari tantanalarda ishtirok etishlarini tasdiqlagan. Ushakovning qayd etishicha, aksariyat MDH davlatlari rahbarlari ham taklifga ijobiy javob berishgan.
AQSh prezidenti Donald Trampga taklifnoma jo‘natilgan, ammo hozircha javob kelmadi, deb qo‘shib qo‘ydi u.
Avgust o‘rtalarida Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va KXDR yetakchisi Kim Chen In ham tantanalarga taklif etilgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
08:56 / 11.07.2026
Ukraina Rossiyadagi strategik obektlarga zarbalarni kengaytirmoqchi
12:28 / 10.07.2026
Tramp Ukrainaga Patriot uchun raketalar litsenziyasini va’da qildi
21:27 / 08.07.2026
Tramp Ukrainaning Rossiya ichkarisiga bergan zarbalarini qo‘llab-quvvatladi
12:11 / 06.07.2026