Jahon | 21:34 / 30.08.2019
13616
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp General Motors’ga xorijdagi zavodlarini AQShga qaytarishni taklif qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp General Motors avtomobil korporatsiyasiga Amerika hukumati uni 2008 yildagi inqirozdan keyingi bankrotlikdan qutqarib qolganini eslatarkan, xorijdagi, xususan Xitoydagi ishlab chiqarishlarini AQShga qaytarishni taklif qildi.  

"Bir paytlar Detroyt shahrining giganti bo‘lgan General Motors hozirda bu yerda eng kichik avtoishlabchiqaruvchilardan biridir. Ular yirik zavodlarini men prezident bo‘lgunimga qadar Xitoyga ko‘chirishgan", dedi u.

"Ular AQSh hukumati ularga yordam berib qutqarib qolishiga qaramasdan shunday qilishdi. Ular hozir yana Amerikaga qaytishlari kerakmi?", savol berdi Tramp.

2009 yilda jahon moliyaviy inqirozi sababli General Motors, Ford va Chrysler kompaniyalari tanazzul yoqasiga kelib qolgan, General Motors va Ford bankrotlik haqida e'lon qilgandi. 

AQSh hukumati uchala kompaniyaga 80 mlrd dollar miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatgandi. Ushbu mablag‘ning katta qismi ($70 mlrd) keyinchalik qaytarib olingan.

Mavzuga oid