O‘zbekiston | 09:45 / 31.08.2019
16103
3 daqiqa o‘qiladi

«Qo‘qon yog‘-moy» va «Farg‘ona yog‘-moy»dagi davlat ulushi sotuvga qo‘yildi

Foto: Getty Images

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi mahalliy va xorijiy investorlarni davlatga tegishli bo‘lgan aksiya paketlarini sotib olish bo‘yicha birja savdolariga taklif etdi.

O‘simlik moyi ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi “Qo‘qon yog‘-moy” aksiyadorlik jamiyati davlat aksiyalari 2019 yil 9 oktyabrdan “Toshkent RFB” AJ savdolariga qo‘yiladi.

Davlat aksiyalarini emitent ustav fondidagi foizi – 51,0 foiz, savdoga chiqarilayotgan aksiyalarining umumiy soni – 710 170 (yetti yuz o‘n ming bir yuz yetmish) dona oddiy aksiya. Bir dona aksiyaning nominal qiymati – 3 970 (uch ming to‘qqiz yuz yetmish) so‘m, bir dona aksiyaning savdoga qo‘yishdagi boshlang‘ich narxi – 69 969,82 (oltmish to‘qqiz ming to‘qqiz yuz oltmish to‘qqiz so‘m sakson ikki tiyin) so‘m.

Aksiyalar paketining savdoga qo‘yishdagi umumiy boshlang‘ich narxi – 49 690 467 069 (qirq to‘qqiz milliard olti yuz to‘qson million to‘rt yuz oltmish yetti ming oltmish to‘qqiz) so‘m, emitentning ustav fondi miqdori (pul ifodasida) – 5 528 185 300 (besh milliard besh yuz yigirma sakkiz million bir yuz sakson besh ming uch yuz) so‘m.

Shuningdek, xalq iste'mol mollari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi “Farg‘ona yog‘-moy” aksiyadorlik jamiyati davlat aksiyalari 2019 yil 9 oktyabrdan “Toshkent RFB” AJ savdolariga qo‘yiladi.

Davlat aksiyalarini emitent ustav fondidagi foizi – 84,5 foiz, savdoga chiqarilayotgan aksiyalarining umumiy soni – 3 095 500 (uch million to‘qson besh ming besh yuz) dona oddiy va 1 504 (bir ming besh yuzi to‘rt) dona imtiyozli aksiya. Bir dona aksiyaning nominal qiymati – 4 895 (to‘rt ming sakkiz yuz to‘qson besh) so‘m, bir dona aksiyaning savdoga qo‘yishdagi boshlang‘ich narxi – 31 198,93 (o‘ttiz bir ming bir yuz to‘qson sakkiz so‘m to‘qson uch tiyin) so‘m.

Aksiyalar paketining savdoga qo‘yishdagi boshlang‘ich narxi – 96 623 211 005,72 (to‘qson olti milliard olti yuz yigirma uch million ikki yuz o‘n bir ming besh so‘m yetmish ikki tiyin) so‘m, emitentning ustav fondi miqdori (pul ifodasida) – 17 951 002 000 (o‘n yetti  milliard to‘qqiz yuz ellik bir million ikki ming) so‘m.

Bundan oldin, “Urganch yog‘-moy” va “Uchqo‘rg‘on yog‘-moy”dagi davlat ulushi sotuvga qo‘yilgandi.