Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 20:27 / 02.09.2019
10842
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoy AQSh ustidan Jahon savdo tashkilotiga arz qildi
Pekin AQSh Xitoy mahsulotlariga qo‘shimcha bojlar kiritgani sababli uning ustidan Jahon savdo tashkilotiga da'vo arizasi topshirdi.
Ma'lum qilinishicha, Xitoy ochiq siyosatga amal qilishni va o‘z manfaatlarini muhim xalqaro savdo maydonlarida himoyalashni davom ettiradi.
Ta'kidlanishicha, Xitoy AQShning o‘ziga ham norozilik bildirgan.
Xitoy mahsulotlariga qo‘shimcha bojlar 1 sentyabrdan amal qila boshladi. Xitoydan import qilinuvchi 112 mlrd dollarlik mahsulotlarga 15 foizlik boj joriy qilingan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish