Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atamboyevning mablag‘iga qurilgan masjidga taqiq solingani haqida xabar tarqaldi, prokuratura izoh berdi
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev mablag‘lariga 2010 yilgi inqilob qurbonlari xotirasiga qurilgan masjid sobiq prezidentning taqiq solingan ko‘chmas mulki ro‘yxatiga tushdi.
RIA Novosti agentligi mamlakat prokuraturasiga asoslanib xabar berishicha, Atamboyevning taqiq solingan mulki orasida dastlab 120 ta band bo‘lgan. So‘ngra ro‘yxatdan Bishkekda joylashgan uydagi kvartiralar hamda teleradiotashkilotlar uyushmasi mulki olib tashlangan. Biroq tergov davomida Atamboyevning taqiq solingan obektlari soni 135 tagacha oshgan. Uning orasiga “7 aprel sheyitteri” masjidi ham kirgan.
Ayni vaqtda masjid qanday manbalar mablag‘lari hisobiga qurilgani aniqlashtirilmoqda.
Masjid 1 gektarga yaqin maydonni egallab, Atamboyevga qarashli “Forum ilmiy-ishlab chiqarish firmasi” nomiga rasmiylashtirilgan.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026