Boris Jonson Brexit borasida Yevroittifoqqa «yalinmasligi»ni ma'lum qildi
Birlashgan Qirollik bosh vaziri Boris Jonson jamoatchilik palatasida qilgan chiqishida Brexit’ni yana kechiktirish uchun Yevroittifoqqa «yalinmasligini» ma'lum qildi.
«Deputatlar meni yana bir bema'ni kechiktirish to‘g‘risida Yevroittifoqqa yalinishga majbur qilishmoqchi», — dedi Jonson.
Jamoatchilik palatasi deputatlarining partiyalararo guruhi Jonsonga Yevroittifoqdan dastlabki kelishuvsiz chiqishni taqiqlash ko‘zda tutilgan qonun loyihasini tayyorladi. Agarda bosh vazir YeI bilan 19 oktyabrgacha murosaga kela olmasa, Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqish muddati 2020 yil 31 yanvarga surilishi lozim. Bu kelgusi muzokaralar uchun ko‘proq vaqt beradi. Dastlabki kelishuvsiz Brexit Britaniya iqtisodiyoti uchun qo‘shimcha xavf soladi.
Brexit muddatini kechiktirish tarafdorlari orasida nafaqat muxolif Leyboristlar partiyasi, balki hukmron Konservativ partiya vakillari ham bor.
Seshanba kuni deputat Fillip Li Konservativ partiyani tark etganidan so‘ng Jonson hukumati ko‘pchilik ovozsiz qoldi. U «Liberal demokratlar» partiyasiga o‘tdi. Uning bu o‘tishidan so‘ng konservatorlar va hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi Shimoliy Irlandiya demokratik yunionistlar partiyasida ovoz berish huquqiga ega 319 deputat qoldi, muxolifatda esa 320 deputat, deb yozadi Bloomberg.
Boris Jonson deputatlarning hukumatga YeIdan kelishuvsiz chiqishni taqiqlash qarorini noto‘g‘ri deb hisoblaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihasi muzokaralarda hukumatning pozitsiyasiga putur yetkazadi.
Mavzuga oid
18:53 / 13.11.2024
Boris Jonson Ukrainaga britan harbiylari yuborilishi shartini aytdi
23:14 / 30.09.2024
Boris Jonson migratsiya inqirozida Fransiya prezidentini aybladi
11:36 / 12.01.2024
Jonson Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muzokaralarni to‘xtatgani haqidagi ayblovni rad etdi
11:58 / 10.06.2023