31 avgust kuni Makro supermarketlari tarmog‘ining yangi mahsulotlar tarqatish markazi ochildi!
Zamonaviy omborxona majmuasi 7 300 m2 maydonga ega bo‘lib, uning hududi oziq-ovqat xavfsizligining barcha talablariga javob beradigan, 5 500 tagacha pallet yuklarni o‘ziga sig‘diradi.
Tarqatish markazi yuklarni ortish, saqlash, tashish uchun ilg‘or texnologiyalardan foydalanadi, bu esa ularni supermarketlarga uzluksiz yetkazib berishda, saqlash va tashishning barcha talablariga rioya qilgan holda yetkazib berishni ta'minlaydi.
Ushbu obekt alohida bo‘limlarga ega:
-Korpus A meva va sabzavotlarni qabul qilish, saqlash, jo‘natish uchun mo‘ljallangan.
-Korpus B distributsiya yo‘nalishi bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan.
-Korpus C oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun mo‘ljallangan.
-D1, D2 bo‘limlari esa noiste'mol tovarlarini saqlab, kross-doking operatsiyasini amalga oshiradi. Shuningdek, omborxonada boqollik mahsulotlarini qadoqlash uchun joy mavjud.
Barcha afzalliklar ro‘yxatiga yana harorat rejimida 0 dan +5 gacha bo‘lgan haroratda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, shuningdek -20 darajagacha chuqur sovutish imkonini beradigan sanoat muzlatgichlarini kiritish mumkin.
Mavjud alohida temir yo‘l tupigi tufayli, bir vaqtning o‘zida beshtagacha yopiq vagonlarni qabul qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Tarqatish markazining 24 soat ish tartibi, sutkasiga 500 dan ortiq pallet yukni qayta ishlash imkonini berib, ish faoliyati samaradorligini ikki marotabaga oshiradi.
Majmua o‘z avtoparki, 24 soatlik qo‘riqlash xodimlari, 100% WI-FI qoplamasiga ega. Hududda 1 100 m2 maydonga ega bo‘lgan 3 qavatli ofis qurilgan. Yangi tarqatish markazida 190 taga yetadigan ish o‘rinlari yaratildi.
Ayni paytda AXELOT Kompaniyasi bilan hamkorlikda WMS omborini avtomatlashtirish loyihasini amalga oshirish yakunlanmoqda.
Makro supermarketlari tarmog‘i tarqatish markazi iste'molchilarga yangi mahsulotlar bilan ta'minlab, imkon qadar qisqa vaqt ichida tovarlar yetkazib beradi, shuningdek, tarmoqni dinamik rivojlanishiga, servis va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga, mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan biznes aloqalarini kengaytirish va mustahkamlashga hissa qo‘shadi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
17:55 / 11.08.2023
Makro “Omadli xaridor” aksiyasi yakunlarini sarhisob qildi
15:58 / 24.07.2023
Makro 700 ta ommabop tovarlarga narxlarni tushirdi
16:16 / 20.07.2023
Makro supermarketlar tarmog‘i ta’minot zanjirlari bilan qaytadan ishlashni amalga oshirdi
20:35 / 05.04.2023