21:03 / 04.09.2019
0
26343

Zelenskiy ma'muriyati rahbari Poroshenkoni mazax qildi (video)

Foto : RIA Novosti / Stringer

Ukraina prezidenti ma'muriyati rahbari Andrey Bogdan sobiq prezident Pyotr Poroshenkoni uning oliy radadagi chiqishi vaqtida mazax qilib o‘tirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan videoda minbar ortida o‘tirgan Bogdan Poroshenkoning deputatlardan daxlsizlikning olinishi mavzusidagi nutqi davomida sobiq prezidentni parodiya qilib unga o‘xshab qo‘lini yuqoriga ko‘tarishi, mazaxona tarzda kulib o‘tirishini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning zalda bo‘layotganlarga munosabati deb taxmin qilingan video ham e'lon qilingan.   

3 sentyabrda oliy rada 2020 yil 1 yanvardan deputatlar daxlsizligini bekor qilish haqidagi qonun loyihasini qabul qildi.  

Video: YouTube

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top