Jahon | 22:20 / 05.09.2019
12167
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Yevroittifoqqa suriyalik qochoqlar oqimi bilan tahdid qildi

Agarda Turkiya suriyalik qochoqlarni joylashtirish masalasida xalqaro qo‘llab-quvvatlov olmasa, Anqara ularga Yevropaga o‘tish yo‘lini ochib yuboradi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya hukumati muhojirlarga Yevropaga yo‘l ochishga majbur bo‘ladi. Erdo‘g‘an Turkiya "bu yukni (qochoqlar muammosi) bir o‘zi ko‘tarmoqchi emasligini" ta'kidladi.

Avvalroq Anqara Suriya hududida janubiy chegara bo‘ylab millionga yaqin qochoqlar uchun "xavfsizlik hududi" tashkil etishni rejalashtirayotgani ma'lum bo‘lgandi.  

Hozirda Turkiyada 3,6 mln nafar qochoq yashamoqda.

Mavzuga oid