O‘zbekiston | 23:16 / 06.09.2019
6837
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Tojikiston birgalikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

O‘zbekiston va Tojikiston harbiylari sentyabrning 2-o‘n kunligida Namangan viloyatidagi “G‘urumsaroy” poligonida birgalikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadilar.

“Xovar” axborot agentligiga Tojikiston mudofaa vaziri matbuot xizmati boshlig‘i Orif Nozimiyonning xabar berishicha, mashg‘ulotlar “Markaz-2019” strategik qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari doirasida bo‘lib o‘tadi. Ikki davlat harbiylari mintaqada xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha vazifalarini bajarishadi.    

Mashg‘ulotlar davomida qo‘shinlarning xalqaro terrorchilikka qarshi kurashdagi o‘zaro harakatlanishi hamda razvedka-qidiruv va mudofaa harakatlarini olib borish malakalari mashq qilinadi.

Avgustda ikki davlat harbiylari tog‘li hudud sharoitida aksilterrrorchilik mashg‘ulotlari o‘tkazishgandi. Mashg‘ulotlar Tojikiston va Farg‘ona vodiysi hududlarida bo‘lib o‘tgan.   

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid