Robert Mugabe Zimbabvening milliy qahramoni deb e'lon qilindi

Zimbabvening amaldagi prezidenti Emmerson Mnangagva 6 sentyabrda vafot etgan sobiq prezident Robert Mugabeni vafotidan keyin milliy qahramon deb e'lon qildi. Bu haqda New Ziana mahalliy nashri xabar berdi.
Mugabe 95 yoshida vafot etdi. Uning oilasidagi manbalar sobiq prezident Singapurdagi shifoxonada yaqinlari, jumladan rafiqasi Greys qurshovida vafot etganini ma'lum qilishgan.
“Robert Mugabe Afrikani mustamlakachilik zulmidan ozod qilishga erishgan kurashchilar avlodi vakili hisoblanadi. Bu Zimbabvening minnatdor xalqi va Afrikaning qolgan xalqlari tomonidan hech qachon unutilmaydi”, deb aytgan Mnangagva.
Prezident, shuningdek, Mugabe dafn etilmaguncha mamlakatda motam kunlari e'lon qilinishini qo‘shimcha qilgan.
Hozirda hukumat Mugabe jasadini Singapurdan vataniga qaytarish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
2017 yil noyabrda 93 yoshli Robert Mugabe harbiylar va hukmron partiya bosimi ostida prezident lavozimini tark etgandi. Bungacha u mamlakatni 30 yil davomida boshqargan.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Olti oyda 4 mingdan ortiq shaxs giyohvand moddalar muomalasi uchun ushlandi
O‘zbekiston | 10:01
-
Eron ikki fransuzni "Mossad" foydasiga josuslikda aybladi
Jahon | 09:48
-
Avtomobil ta’miri xizmatiga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aytildi
O‘zbekiston | 09:20
-
O‘zbekiston va Misr Sulton Sayfiddin Qutuz haqida film yaratishi mumkin
O‘zbekiston | 09:03
Mavzuga oid

22:26 / 02.01.2025
Zimbabveda 8 yoshli bola sherlar yashaydigan qo‘riqxonada besh kun qolib ketdi

21:09 / 01.01.2025
Zimbabveda o‘lim jazosi rasman bekor qilindi

00:19 / 06.11.2024
Zimbabve politsiyasiga xizmat vaqtida mobil telefondan foydalanish taqiqlandi

20:55 / 14.09.2024