Bugun yöl harakati xavfsizligini ta'minlaşning asosiy talablaridan biri — haydovçilarga qulaylik yaratiş, jarayonlarning şaffofligini ta'minlaş, haydovçilar va Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX) xodimlarining özaro munosabatlarida korrupsiyaga olib keladigan sabablar va şaroitlarni minimallaştirişdir.

Şu sababli yöl-transport hodisalari (YTH)ni rasmiylaştiriş tartibini soddalaştiriş dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda.

Amaldagi tartibga köra, suğurta tölovini oliş uçun YTH natijasida ma'muriy huquqbuzarlik sodir etganlik töğrisidagi DYHXX bayonnomasini rasmiylaştiriş majburiy hisoblanadi. Biroq, uşbu amaliyot, YTH orqali yetkazilgan zarar miqdoridan qat'iy nazar fuqarolarga noqulaylik tuğdirmoqda va ortiqça byurokratiyaga olib kelmoqda.

Gap haydovçilar va yöl harakatining boşqa iştirokçilari jiddiy tan jarohatlarini olmagan (ya'ni, jabrlangan tomonga faqat moddiy zarar yetkazilgan), unça ahamiyatli bölmagan YTHlar haqida ketyapti. Misol uçun, tirnalgan bamper, singan orqani köriş yon oynasi va boşqalar. Mana şunday hodisalar uçun amaldagi YTHni rasmiylaştiriş tartibini qayta körib çiqiş zarur.

Statistikaga köra, DYHXX bölimlariga 2018 yilda 31.715 ta yöl transport hodisalariga oid hujjatlar kelib tuşgan bölib, ularning 2.636 tasini, ya'ni YTHlari umumiy sonining 8 foizini mulkka yetkazilgan moddiy zarar EKIH (bazaviy hisoblaş)ning 5 barobaridan oşmaydigan bayonnomalar taşkil qiladi.

YTH iştirokçilari yetkazilgan moddiy zararni qoplaş uçun qanday bosqiçlardan ötişlari kerak?

Birinçi navbatda, DYHXX xodimlari çaqiriladi, bu esa ortiqça vaqtni talab etadi. Joyga etib kelgan DYHXX xodimlari YTH sxemasini tuzadilar, dastlabki tuşuntirişlarni olib, bayonnoma tuzadilar.

Ikkinçi bosqiçda YTHning barça iştirokçilari alkogol iste'mol qilganlik yoki boşqa mastlik alomatlarini aniqlaş uçun tibbiy körikdan ötkaziladi. Keyinçalik, avtohalokatning asosiy holatlari körsatilgan bayonnoma tuziladi, unga haydovçilar va guvohlar bergan tuşuntiriş xatlari ilova qilinadi. YTH iştirokçilaridan haydovçilik guvohnomalari olib qöyiladi.

Söngra hujjatlar töplami ma'muriy iş körib çiqiladigan tuman/şahar Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasining (YHXB) Surişturuv bölimiga yuboriladi. Agar haydovçi YTHda aybdor emas deb topilsa, etkazilgan zararni baholab va barça zarur ekspertizalardan ötgandan söng, haydovçilik guvohnomasi unga qaytariladi va avtomobilni ta'mirlaşga ruxsatnoma sertifikati beriladi. Agar nizo kelib çiqsa, aybdorlik darajasi sud tomonidan hal qilinadi, bu erda iş yana bir neça haftaga çöziladi.

Şunday qilib, mavjud tizim tahlili uning YTH iştirokçilari uçun ham, DYHXX xodimlari uçun ham murakkab ekanligini körsatmoqda. Çunki YTHni rasmiylaştirişga köp vaqt sarflanadi. Şu boisdan, YTHning oldini olişga qaratilgan profilaktika işlarining vaqti qisqaradi. Bunday holda, yöl transport hodisasining haqiqiy holatini aniqlaş masalasi boşqaça tarzda hal qilinişi kerak, bu holat nizo yuzaga kelgan taqdirda, zarar uçun javobgarlik masalasini hal qilişga imkon beradi.

Çet el amaliyotiga köra, uşbu muammoning samarali eçimi sifatida YTH haqida xabar berişning yagona evropa şakli – evroprotokol qöllanilib, bu avtohalokat holatini tavsiflovçi şakllar töplamidan iborat böladi. Şu bilan birga, haydovçilar imzolar bilan öz roziliklarini ham tasdiqlaydilar.

Yevropa mamlakatlarida, evroprotokol orqali xabar beriş tartibini joriy etiş, YTH iştirokçilariga zararni qoplaş masalasini keraksiz material va ortiqça vaqt hamda xarajatlarsiz hal qilişga imkon beradi. Bu öz navbatida, haydovçilarga kompensatsiya oliş uçun suğurta taşkilotiga murojaat qilişda YTH faktini mustaqil ravişda qayd etiş va avtohalokat joyini tezda tirbandliklarni yuzaga keltirmay bartaraf etiş imkonini beradi.

Yevroprotokoldan faqat quyidagi hollarda foydalaniş mumkin:

·        YTHda faqat ikkita transport vositasi qatnaşgan bölsa;

·        haydovçilar, yölovçilar yoki piyodalarning hayoti va soğliğiga zarar etkazilmaganda;

·        YTH iştirokçilari transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş polisiga ega bölsa;

·        YTH iştirokçilari örtasida kelişmovçiliklar mavjud bölmasa.

Yevroprotokol tamoyillarini hisobga olgan holda mamlakatimizda yöl-transport hodisalarini rasmiylaştiriş tartibini yanada soddalaştiriş amaldagi qonunçilikni takomillaştirişda qator afzalliklarni beradi. Xususan, uşbu mexanizmni joriy etiş quyidagi ijobiy natijalarga olib keladi:

·        YTH iştirokçilari (haydovçilar) sodir bölgan avariyani YHXX xodimini çaqirmasdan özaro kelişgan holda mustaqil ravişda rasmiylaştiradi;

·        YHXX xodimini kutiş, bayonnomani rasmiylaştiriş, avtotransportni jarima maydoniga olib boriş va boşqa holatlar uçun vaqt sarflanmaydi;

·        YTH oqibatida yuzaga keladigan tirbandliklar bartaraf etiladi;

·        YTHlarni rasmiylaştirişda ortiqça qoğozbozlikka çek qöyiladi;

·        majburiy suğurta puli tölanişi uçun yöl harakati xavfsizligi xodimi tomonidan amalga oşiriladigan rasmiyatçilik va sud qarorini kutiş talab etilmaydi.

Yuqoridagilardan kelib çiqqan holda bir qator qonun hujjatlari, xususan, «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş töğrisida»gi va «Suğurta faoliyati töğrisida»gi qonunlarga, şuningdek, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga tegişli özgartiş va qöşimçalarni kiritiş maqsadga muvofiq hisoblanadi.

M.KABILOVA,
Oliy Majlis huzuridagi Qonunçilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti yetakçi ilmiy xodimi