Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple ayfonlardagi “olma” belgisini odatdagi joyidan boshqa yerga ko‘chiradi
Apple kompaniyasi yangi iPhone11 smartfonlari orqa tomoni dizaynini, jumladan kompaniya logotipi bo‘lgan “olma” shakli joylashuvini o‘zgartirishi mumkin.
Bloomberg xodimi Mark Gurmanning ta'kidlashicha, smartfonning orqa tomonida nafaqat kvadrat shaklidagi kameralar paydo bo‘ladi, balki “olma” shakli orqa tomonning qoq o‘rtasiga ko‘chiriladi. Ayni vaqtda logotip smartfonlarning yuqori chekkasiga yaqin joylashgan.

Ma'lum qilinishicha, bunday o‘zgartirish bejizga qilinmayapti. Gap shundaki, yangi smartfonlar simsiz quvvatlagich oladi. Shu tariqa u orqali Apple Watch soatlarini, AirPods quloqchinini quvvatlash mumkin bo‘ladi. Logotip foydalanuvchilar soat va quloqchinni quvvatlash uchun uni smartfonning aynan qayeriga qo‘yishni bilishlari uchun ko‘chirilmoqda.
Kompaniya rahbari Tim Kuk yangi smartfonlarni 10 sentyabrda taqdim qiladi. Qurilmalarda kvadrat shaklidagi kameradan tashqari, suratlarni avtomatik to‘g‘irlash uchun sun'iy ong negizida ishlovchi yangi funksiyalar paydo bo‘ladi. Qolgan tafsilotlar taqdimot davomida ma'lum qilinadi.
Mavzuga oid
18:16 / 19.06.2026
Buklama iPhone Ultra xususiyatlari oshkor qilindi
18:14 / 18.06.2026
Apple smartfonlari qimmatlaydi - Tim Kuk buning sababini tushuntirdi
11:30 / 10.06.2026
Yangi Siri: Apple sun’iy intellekt poygasiga jiddiy qo‘shildi
18:12 / 09.06.2026