Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya hukumatida AQSh ayg‘oqchisi ishlagan - CNN
Foto: Timur XANOV
Rossiya rahbariyatida AQShning ayg‘oqchisi bo‘lib ishlagan rossiyalik fosh bo‘lish xavfi sababli Rossiyadan olib chiqilgan. Ayg‘oqchining qutqarilishi bo‘yicha maxsus operatsiya 2017 yilda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan qabul qilinishidan keyinoq o‘tkazilgan. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, Vashington Tramp Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Rossiyaning o‘shandagi AQShdagi elchisi Sergey Kislyakga maxfiy ma'lumotlarni bergan bo‘lishi mumkinligi xavotiri ostida manbani Rossiyadan olib chiqishga qaror qilgan. The Washington Post nashridagi maqolaga ko‘ra, ayg‘oqchi qo‘lga kiritgan maxfiy ma'lumotlar IShID faoliyatiga tegishli bo‘lgan.
Telekanalning qo‘shimcha qilishicha, ayg‘oqchining fosh qilinishi mumkinligidan o‘z vaqtida Barak Obama ma'muriyatida ham xavotirlanishgan.
CNN’da ta'kidlanishicha, AQSh shu tariqa Kremlning ichki ishi va Rossiya prezidentining rejalaridan voqif qiluvchi bosh manbalarining biridan mahrum bo‘lgan. Telekanalning AQSh razvedkasidagi suhbatdoshining ta'kidlashicha, bunday ayg‘oqchining tayyorlanishi ko‘p vaqt oladi, chunki Rossiyada xavfsizlikka talablar juda yuqori.
Josusning olib chiqilishi tafsilotlari va shaxsi oshkor qilinmagan. Shuningdek, uning hozirda qayerdaligi ham noma'lum.
Oq uy va Markaziy razvedka boshqarmasida CNN’ning bu xabari nokorrektligi aytilgan. Shuningdek, AQSh mansabdor shaxslari orasidagi manbalar ham bu xabar bunday ayg‘oqchilik ishida gumon qilinishi mumkin bo‘lganlar hayotini xavf ostiga qo‘yishi mumkinligi aytilgan.
30 avgustda Business Insider nashrining AQSh maxsus xizmatlaridagi manbalari Trampning Rossiyani “Katta yettilik”ka qaytarish taklifi AQSh prezidentining Kreml manfaati yo‘lida harakat qilishidan darak berishini ta'kidlab o‘tishgan. “Trampni Rossiyani muzokaralar stoliga qaytarish yaxshi bo‘lishiga nima undadi? Bu qanday qilib AQSh milliy xavfsizligiga xizmat qiladi?”, deb savol bilan yuzlangan manbalardan biri.
Mavzuga oid
23:45 / 06.05.2026
Eron yana BAAga raketa otdi: Tehron Trampni mensimayaptimi?
21:16 / 06.05.2026
AQSh va Eron mojaroni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzolashga yaqin - OAV
19:21 / 06.05.2026
“Nojo‘ya ta’sirlari haqida yetarlicha ogohlantirishmagan” - AQShda “ozdiruvchi vositalar” ustidan shikoyatlar ko‘paydi
09:52 / 06.05.2026