11:47 / 09.09.2019
4
24487

Tojikistonda Rog‘un GESning ikkinchi agregati ishga tushirildi

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati

Tojikistonda mamlakat mustaqilligining 28 yilligi kuni, 9 sentyabrda Rog‘un GESning ikkinchi agregati ishga tushirildi.

Ikkinchi agregatni ishga tushirish marosimida prezident Imomali Rahmon, Dushanbe shahri raisi Rustam Imomali, bosh vazir Qohir Rasulzoda, hukumat a'zolari, Tojikistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari, shuningdek Rog‘un quruvchilari ishtirok etdi.

Rog‘un GES birinchi agregatini rasmiy ishga tushirish marosimi 2018 yil 16 noyabr kuni bo‘lib o‘tgandi.

Mamlakat Moliya vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, bu yil Rog‘un GESni qurish uchun davlat budjetidan 2,1 milliard somoniy (222,6 million dollar) ajratilgan, deb xabar beradi Avesta.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Rog‘un GES qurilishi uchun o‘tgan yili qo‘shimcha ravishda 4,7 milliard somoniy (498,4 million dollar) ajratilgan. Ko‘rsatilgan 4,7 milliard somoniydan 3,4 milliardga yaqini davlat budjetidan, qolgan qismi yevrobondlarni sotishdan tushgan mablag‘lardan olingan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top