Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik ikkinchi bokschi ham Jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi
10 sentabr kuni Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati davom etdi. Havaskor bokschilar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining yana bir vakili Dilshod Ro‘zmetov ham g‘alaba bilan boshladi.
-81 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Dilshod Ro‘zmetov birinchi bosqichda mo‘g‘ulistonlik Narmandax Shinebayar bilan jang qildi va uch raund yakuniga ko‘ra, hakamlar tomonidan g‘olib deb topildi - 5:0.


Eslatib o‘tamiz, 9 sentabr kuni Fanat Qahramonov boshqa bir mo‘g‘ilistonlik raqibini yengib ikkinchi bosqichga yo‘llanma olgandi.
O‘zbekiston terma jamoasining 4 nafar vakili - Mirazizbek Mirzaxalilov, Bobousmon Baturov, Sanjar Tursunov va Bahodir Jalolov saralash bosqichidan ozod etilgan. Ular ikkinchi bosqichda bahslarga kirishadi.
Terma jamoaning qolgan vakillari quyidagi raqiblarga qarshi ringga chiqishadi:
-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Gulijanov (Turkmaniston) (12 sentabr)
-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – De Andrade (Braziliya) / Ivanov (Polsha) (15 sentabr)
-63 kg: Elnur Abduraimov – Rizo Binbaziz (Jazoir) (12 sentabr)
-69 kg: Bobousmon Baturov – Arregui (Argentina) / Mikkalef (Chernogoriya) (16 sentabr)
-91 kg: Sanjar Tursunov – Xulio Blanko (Kolumbiya) / Teysheyra Da Silva (Braziliya) (15 sentabr)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Rogava (Ukraina) / Ramazon Purdelavar (Eron) (17 sentabr).
Turnir 21 sentyabrga qadar davom etadi. Turnirda jahonning 91 mamlakatidan jami 488 nafar sportchi ishtirok etmoqda.
Mavzuga oid
14:12 / 26.02.2026
Yekaterinburgda Amir Temur maqbarasiga oid marmar plita parchasi saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi
14:07 / 27.12.2025
Yekaterinburgda tashlab ketilgan o‘zbekistonlik chaqaloq vatanga qaytarildi
08:18 / 19.09.2025
Yekaterinburgda mushkul ahvolda qolgan ona va uning farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
07:53 / 11.09.2025