Jamiyat | 09:00 / 10.09.2019
24657
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Toshkentda shu kuzning asosiy musiqiy voqeasi – Coke'n Music festivali bo‘lib o‘tdi

7 sentabr kuni poytaxtimizdagi Humo Arena'da ilk bor keng miqyosli Coke’n Musiqa festivali bo‘lib o‘tdi. Rossiya va Ukrainaning taniqli Hammali&Navai, Kazka, Rauf&Faik guruhlari, shuningdek, o‘zbek shou-biznesi yulduzi Shahzoda Humo Arena sahnasida minglab muxlislar yuraklarini birlashtirdilar.

Coke’n Musiqa – bu «non-stop» tarzida bir nechta xorijiy va mahalliy mashhur yulduzlar birin-ketin ijro etadigan formatdagi birinchi konsert. Poytaxt aholisi va mehmonlariga ushbu shodiyonani Coca-Cola xalqaro brendi sovg‘a qildi.

Musiqiy festivallar va yorqin shoular Coca-Cola kompaniyasining faoliyat yuritayotgan mamlakat va shaharlarga qo‘shgan hissasining taniqli belgisidir. Sayyoradagi milliardlab odamlarning sevimli brendi musiqa orqali qalblarni birlashtiradi va Coca-Cola xaritasining turli nuqtalarida festival va konsertlarining o‘ziga xos muhitini yaratadi. Coca-Cola turli mamlakatlardagi muxlislarga xilma-xil formatdagi musiqiy tadbirlarni taqdim etgan. Turkiyadagi «Rock’N’Coke» konsertlari, Bolgariyada har yili o‘tkaziladigan «Coca-Cola Happy Energy Tour», Yevropa bo‘ylab yozgi musiqa festivallari, «Coke Studio» xalqaro musiqa loyihasi – kompaniyaning musiqa bilan bog‘liq bo‘lgan loyihalarining bir necha misolidir.

– Coke'n Musiqa – bu eng katta interfaol festival va aynan bugun O‘zbekiston butun dunyo bo‘ylab Coca-Cola festivalining bir qismiga aylandi, - deb ta'kidladi «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MChJ direktori Anvar Xadjiyev. – Ushbu festival – bunday keng miqyosdagi birinchi musiqiy voqea. Festival shunday katta qiziqish uyg‘otganidan juda xursandmiz va keyingi yili biz bu festivalni yanada betakror, yorqin va musiqiy bo‘lishiga harakat qilamiz. Mahalliy tadbirlar va iste'dodlarni qo‘llab-quvvatlash, kayfiyatimizni musiqa orqali ulashish biz uchun muhim. Chiptalar aksiyamiz doirasida bepul o‘ynalgan edi va shubhasiz, konsertga tashrif buyurish istagida bo‘lgan muxlislar juda ko‘p edi. Shubhasiz, Toshkentga ko‘proq shu kabi festivallar, yanada qiziqarli tadbirlar kerak va bizning tadbirimiz yangi formatdagi musiqiy shoularning boshlang‘ich nuqtasiga aylanganidan mamnunmiz.

Ajoyib namoyish bilan bir qatorda, festival ishtirokchilari Coca-Colaning bir nechta yorqin syurprizlaridan mamnun bo‘ldilar. «Milliy» telekanali guruhlarining jonli ovozdagi sahnasi, interfaol sport o‘yinlari, yulduzlar imzosi bilan sovg‘alar va sevimli xonandalar bilan suratga tushish imkoniyati festivalda yuqori kayfiyat muhitini yaratdi.

Humo Arena maydonida Zamonaviy san'at maktabining (Moskva) mahorat darslari uchun ijodiy burchak ham tashkil etildi. Ushbu tadbir Coca-Colaning keng miqyosli «World Without Waste» (Chiqindisiz dunyo) aksiyasi doirasida O‘zbekistonda birinchi marta o‘tkazildi.

Mahorat darslari ishtirokchilarining har biri o‘zi bilan qo‘lda tayyorlangan suvenir shaklida festivalning bir qismini oldi, bundan tashqari, festival mehmonlarining birgalikdagi sa'y-harakatlari bilan Coca-Cola plastik butilkalaridan katta yurak yig‘ilib, ularga ikkinchi hayot berildi. Ushbu barcha badiiy ishlar brend sayyorani chiqindilardan qutqarish istagining ramzi sifatida Coca-Cola Uzbekistan zavodidagi tashrif markazini bezatadi.

Ushbu festivalni tashkil etish uchun o‘nlab mamlakatlarda shunga o‘xshash keng tadbirlar o‘tkazgan jamoa jalb qilindi. Festival mehmon va ishtirokchilari ta'kidlaganidek, O‘zbekiston Coke’n Music, yoki O‘zbekistonda aytilganidek, Coke’n Musiqa’ni uzoq vaqtga eslab qoladi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid