Televideniyeda «Mehr» operatsiyasi tafsilotlari haqida hujjatli film efirga beriladi
13 sentabr kuni soat 20:20da «O‘zbekiston 24» telekanalida O‘zbekiston tarixida ilk bor o‘tkazilgan «Mehr» nomli tashqi insonparvarlik operatsiyasi tafsilotlariga bag‘ishlangan hujjatli film efirga beriladi.
Unda «mutlaqo maxfiy» muhri bilan olib borilgan operatsiya jarayoni bilan tanishib, Suriyadagi «Alhol» lageridan lavhalarni tomosha qilish, bu operatsiyani o‘tkazgan maxsus guruh rahbarining ma'lumotlari va unda ishtirok etganlarning hikoyalarini tinglash mumkin.
Joriy yil Ramazon oyida O‘zbekistonning 156 nafar fuqarosi Suriyadan qaytarilgandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan «Mehr» insonparvarlik operatsiyasi doirasida 30 may kuni maxsus reys bilan Toshkentga olib kelingan 156 kishidan 107 nafari bolalar, 48 nafari ayollar edi. Ular dastlab Toshkent viloyatidagi barcha sharoitlarga ega sanatoriyga joylashtirilgan, bu yerda aldov oqibatida o‘zga yurtga borib qolib, og‘ir hayotiy davrni boshidan o‘tkazgan bu insonlarning shaxsiy hujjatlarini tiklash, ijtimoiy nafaqalar to‘lash choralari ko‘rilgandi.
142 kishi, jumladan, 47 nafar onaga eng kam oylik ish haqining 10 barobari va 95 nafar bolaga 5 barobari miqdorida moddiy yordam ko‘rsatildi. 3 nafar yetim bola «Mehribonlik» uyiga, 3 nafari «Kichkintoy» bolalar uyiga joylashtirildi. 2 nafar bola o‘zining qarindoshlariga vasiylik tariqasida rasmiylashtirilib berildi. Rossiya fuqarosi bo‘lgan bir ayol va uning 4 nafar bolasi vataniga qaytarilgungacha reabilitatsiya qilish markaziga joylashtirildi. Bir kishi shifoxonada davolanmoqda.
Suriyadan qaytganlar 12 iyun kuni tongda viloyatlardan kelgan hokim o‘rinbosarlari kuzatuvida yashash joylariga yuborildi va kunning ikkinchi yarmida yashash manzillariga yetib bordi. Ularning tinch hayotga qaytib, jamiyatga moslashishlari, ta'lim va ijtimoiy dasturlarda ishtirok etishlari uchun zarur sharoit yaratilib, boshpana va ish bilan ta'minlandi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi
Jahon | 00:36
-
Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi
O‘zbekiston | 23:46 / 27.05.2025
-
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
Fan-texnika | 23:35 / 27.05.2025
-
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
Jahon | 23:08 / 27.05.2025
Mavzuga oid

15:09 / 04.09.2024
«Mehr» operatsiyasida O‘zbekistonga qaytarilganlarning 9,8 foizi an’anaviy islom diniga e’tiqod qiladi» – Botir Tursunov

15:20 / 19.04.2022
«Islomga bag‘ishlangan umr» – shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ibratli hayot yo‘li haqida film

22:48 / 01.05.2021
«Mehr-5» operatsiyasida 93 nafar o‘zbekistonlik Suriyadagi lagerdan olib kelindi

19:14 / 10.12.2020