O‘zbekiston | 11:32 / 12.09.2019
25113
5 daqiqa o‘qiladi

Davstatqo‘m bozorlardagi narx-navoni ma'lum qildi

Foto: Pixabay

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2019 yil 10 sentabr kuni o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari ma'lum bo‘ldi.

Mol go‘shti (lahm go‘shtidan tashqari) 32 000 so‘mdan 55 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da qayd etilgan (32 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Farhod bozori», «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (55 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 34 000 so‘mdan 58 000 so‘mgacha (kg)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da 34 000 so‘mdan ro‘yxatga olingan. Maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori» da 58 000 so‘mdan kuzatildi.

Kartoshka 1 200 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kg)

Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (1 200 so‘mdan), maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (5 000 so‘m) qayd etildi.

Piyoz 1 000 so‘mdan 3 500 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, piyoz mahsulotining minimal narxlari Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori»da 1 000 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (3 500 so‘m).

Sabzi 1 500 so‘mdan 6 000 so‘mgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Namangan shahrining «Namangan Chorsu dehqon universal bozori» da 1 500 so‘mdan qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori» da 6 000 so‘mdan kuzatildi.

Tuxum 4 800 so‘mdan 9 000 so‘mgacha (10 dona)

Tuxum mahsuloti kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Navoiy shahrining «Saxovat dehqon bozori»da kuzatildi (10 donasi 4 800 so‘m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da qayd etilgan (9 000 so‘m).

Guruch 5 700 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kg)

Guruch mahsulotlari kuzatuv natijalariga asosan, minimal narx Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (5 700 so‘mdan), maksimal narx esa Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori», «Andijon shahar markaziy dehqon bozori» hamda Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (18 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 8 000 so‘mdan 14 000 so‘mgacha (1 l.)

O‘simlik yog‘i mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori»da 8 000 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da 14 000 so‘mdan kuzatildi.

Shakar 4 850 so‘mdan 6 500 so‘mgacha (kg)

Shakar mahsuloti kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da 4 850 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Andijon shahrining «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Termiz shahrining «Termiz shahar oziq-ovqat bozori», «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori»da 6 500 so‘mdan kuzatildi.

Mavzuga oid