Eng zör pedagog topişning 9 oddiy qoidasi.

1. Aniq maqsad qöying

Birinçi navbatda farzandingizga repetitor nima uçun kerakligini aniqlaştiring: biror fandan baholarini yaxşilaş uçun, qiyin mavzularni tuşuntiriş maqsadida, imtihonga tayyorlanişga kömaklaşiş yoki yangi bilim egallaş uçun, masalan, ikkinçi xorijiy til.

Aniq maqsad pedagog öz oldiga samarali iş rejasini tuza olişiga, siz esa jarayonni baholaşingizga yordam beradi.

2. Bola bilan gaplaşing 

Repetitor bilan şuğullanuvçi odam siz emas, farzandingiz. Ma'lum bir öqituvçidan örganiş u uçun ham qulay bölişi kerak. Bola kimdan bilim olişni istayotgani haqida albatta sörang: erkakmi yoki ayol, talabami yo katta yoşli öqituvçi, muloyim yoxud qattiqqöl tyutor (tarbiyaçi).

3. Pedagogning iş tajribasi va bilimini baholang

Diplom va sertifikatlar yiğimi har doim ham sifatni belgilamaydi. Repetitor ança vaqt oldin oliy ta'limni egallagan, söngra öz sohasi böyiça işlamagan, kurslarni esa qandaydir tuşunarsiz holda olib borişi mumkin.

Pedagogning malakasi haqida sörang va hujjatlarini közdan keçiring, ammo şular bilan çeklanib katta baho berib yubormasdan uning maşğulot vaqtida özini qanday tutişiga e'tibor qarating.

4. Pedagog va bola yoşi muvofiqligini inobatga oling

Uçinçi sinf öquvçisi bilan universitet professori iş olib borişidan ma'no yöq, ösmirlar esa talaba-tyutorlarga nisbatan özlarini jiddiy tutmasliklari mumkin. Şuning uçun yaxşisi repetitorni şunday tanlagan ma'qul:

  • kiçik sinf öquvçilari uçun talabalar va universitetni yaqinda tamomlagan bitiruvçilar mos keladi;
  • örta sinf — bitiruvçilar va maktab öqituvçilari;
  • katta sinflar uçun — nisbatan malakali pedagoglar.

Ammo ikkinçi tomonini yoddan çiqarmang: bola özi ham qaysi yoşdagi tyutor bilan maşğulot ötkazişni istayotganini bildirsin. Qulaylik har narsadan ustun.

5. Narxlarni taqqoslang

Maşğulotlar uçun tölov miqdori bir neça parametrlarga boğliq böladi: