Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenkoga tegishli bankda tintuv o‘tkazildi
Foto: 24tv.ua
Ukrainaning tergovlar davlat byurosi Kiyevdagi “Kuznya na Ribalskom” zavodining oldi-sotdisi ishi bo‘yicha sudgacha tergov doirasida sobiq prezident Pyotr Poroshenkoga tegishli Xalqaro investitsion bankda tintuvlar o‘tkazdi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar berdi.
2019 yil mayida Viktor Yanukovich prezidentligi vaqtida uning ma'muriyati rahbari o‘rinbosari bo‘lgan Andrey Portnov Poroshenko va uning atrofidagi odamlar sodir etgan jinoyatlar bo‘yicha byuroga ariza berishini ma'lum qilgandi. Portnovning ta'kidlashicha, gap Panama ofshorlari, armiyadagi talon-tarojliklar, “Kuznya na Ribalskom”dagi mudofaa buyurtmalari haqida borgan.
25 iyulda Poroshenko byuroda so‘roq vaqtida ushbu ish bo‘yicha tushuntirish bergan.
2018 yil kuzida tadbirkor Sergey Tigipko Poroshenkodan Kiyevdagi zavodni sotib olgandi.
Tintuv o‘tkazilgan bank 2008 yil martida ro‘yxatga olingan. 2019 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, bankning bosh aksiyadorlari Pyotr Poroshenko (60 foiz), Igor Kononenko (14,94 foiz), Oleg Gladkovskiy va Oleg Zimin (har birida 9,908 foizdan) bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:30 / 18.11.2025
Poroshenko Ukraina hukumatining butun tarkibini iste’foga chiqarishni talab qildi
20:46 / 15.04.2025
Poroshenko Zelenskiy ofisini uzurpatsiyada aybladi
19:03 / 16.12.2024
Mahalla bankirlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
10:41 / 30.11.2024