Samarqandda Fransiya kompaniyasi bilan hamkorlikda 100 MVt quvvatga ega fotoelektr stansiyasi qurilishi boshlanadi

«O‘zbekiston Respublikasida davlat-xususiy sheriklik asosida fotoelektr stansiyasi qurilishiga Fransiyaning Total Eren kompaniyasi 150 mln yevrogacha investitsiya kiritmoqda», deb xabar berdi O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.
Xabar qilinishicha, 13 sentabr kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzaqov va Total Eren kompaniyasi ijrochi vitse-prezidenti Faben Demol Samarqand viloyatida 100 MVtli fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha investitsiya kelishuvini imzoladi.
«Bu O‘zbekistonda alternativ energiya sohasidagi bunday miqyosdagi birinchi tijoriy loyihadir», deyiladi xabarda.
Total Eren elektr stansiyasini loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilish kabi barcha bosqichlarini amalga oshiradi. Qurilish ishlari 2020 yilning birinchi choragida boshlanishi va 2021 yilning birinchi choragida esa stansiya foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil oktabr oyida Fransiyaga rasmiy tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Hukumati va Total Eren o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi imzolangandi.
Total Eren - qayta tiklanadigan energiya sohasida dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniyaning amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari portfeliga qayta tiklanadigan energiya manbalaridan elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun o‘rnatilgan 2400 MVt dan ortiq quvvat, shuningdek dunyoning turli burchaklarida 2000 MVt dan ortiq quvvatni ishga tushirish bo‘yicha loyihalar kiradi.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda tez yordam mashinasi va Spark to‘qnashdi
O‘zbekiston | 12:04
-
Toshkentda quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan metallarni 70 ming dollarga sotayotganlar ushlandi
O‘zbekiston | 11:54
-
Toshkent, Jizzax va Samarqandda uglerod xomashyosini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 11:42
-
«AQSh eng kuchli harbiy uskunalarni ishlab chiqaradi va Isroilda ular juda ko‘p» – Tramp Eronga tahdid qildi
Jahon | 11:39
Mavzuga oid

11:42
Toshkent, Jizzax va Samarqandda uglerod xomashyosini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi

22:03 / 11.06.2025
Samarqand viloyatida ikki ishchi tok urishi oqibatida vafot etdi

16:58 / 09.06.2025
Samarqanddagi Tillakori madrasasi restavratsiya qilinadi

13:42 / 07.06.2025