Sunnatilla Bekenov yangi lavozimga tayinlandi
Sunnatilla Husanovich Bekenov prezident qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori etib tayinlandi.
Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.
U bu lavozimda 2019 yil aprelidan buyon ishlab kelgan Ahadbek Haydarov o‘rnini egalladi.
Sunnatilla Bekenov 1971 yilda Qozog‘istonning Chimkent shahrida tug‘ilgan.
U 2005 yilgacha (qachondan beriligi noma’lum) «O‘zbekiston Qimmatli qog‘ozlar depozitariysi» davlat korxonasi bosh direktori sifatida ishlagan. 2005-2007 yillarda O‘zbekiston Moliya vaziri o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasining axborot-tahliliy departamenti boshlig‘i, 2008-2009 yillarda Vazirlar Mahkamasi ijro apparati rahbari, 2009-2010 yillarda Iqtisodiyot vaziri sifatida faoliyat yuritgan.
2010-2015 yillarda Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi sifatida ishlagan. 2015 yildan 2016 yilning dekabrigacha Tashkiliy-kadrlar masalasi bo‘yicha Prezident davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan, 2016 yil dekabrida Botir Xo‘jayev o‘rniga Iqtisodiyot vaziri Galina Saidovaning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
U 2018 yilning fevralida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanadi va bu lavozimda 2019 yilgacha ishlaydi. 2019 yilning yanvarida ivestitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqovga birinchi o‘rinbosar bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vatikan Rim papasining o‘limi sababi va uning vasiyatini e’lon qildi
Jahon | 01:05
-
Kreml AQShni «katta bitim»ga jalb qilib, Trampni qiziqtiradigan takliflarni qidirmoqda - OAV
Jahon | 00:45
-
Xitoyda 9 yoshli qiz 25-qavatdan tushib ketib omon qoldi
Jahon | 00:22
-
Orlandoda yo‘lovchi samolyotida yong‘in chiqdi
Jahon | 23:54 / 21.04.2025
Mavzuga oid

18:58 / 18.04.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

20:45 / 15.04.2025
Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

17:07 / 07.04.2025
Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi bo‘ldi

16:38 / 18.03.2025