Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quddus A'zamov: oshkoralik bo‘lmagan jamiyatda hech qanday taraqqiyot bo‘lmaydi
Bugun, 14 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senati va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘shma majlisida jamiyatdagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Jamiyat hayotini yaxshilash uchun samarali mexanizmlarni ishlab chiqish yuzasidan fikrlar bildirildi. Deputat va senatorlar tomonidan jamoatchilikning fikrini shakllantirishda OAVning roli, ta'siri alohida ta'kidlandi. Jurnalist Quddus A'zamov bu borada o‘z mulahazalarini bildirdi.
“Oshkoralik bo‘lmagan jamiyatda hech qanday taraqqiyot bo‘lmaydi. Xalqning ovozi bo‘lmasa, ishtiroki bo‘lmasa, yuqorida aytilgandek, qonunlar qog‘ozda qolib ketadi. Chunki har qanday taraqqiyot insonning erkinligi bilan bog‘liq. Inson erkin bo‘lmasa, nimadandir qo‘rqsa, hokimiyatdan uzilsa, islohotlarga daxldor bo‘lmasa, hammasidan chetda qolib ketadi. Bitta narsadan ehtiyot bo‘lishimiz kerak: har qanday erkinlik tagida milliy manfaatlar yotadi. Mutlaq va sayyoraviy erkinlik yo‘q. OAV berilgan so‘z erkinligi va imkoniyatlardan foydalanib mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirmasligi kerak.
Biror odam haqida gapirganda, uning shaxsiyatini asosiy nishonga olmaslik lozim. Tanqid qilmoqchi bo‘lgan trollar o‘zini ma'lum qilishi kerak. Xushnudbekka o‘xshab ochiqchasiga o‘z fikrini bildirishi kerak. Biz o‘sha erkinlikni shundaylarga berib qo‘ysak, islohotlarga katta zarar keltirishi mumkin. Biror insonni shaxsiyatiga teguvchi nojo‘ya gaplar, tuhmatlar qilinishiga hech qaysi qonun yo‘l bermasligi kerak. Biz oshkoralikni o‘zimiz himoya qilishimiz kerak”.
Mavzuga oid
09:00 / 28.12.2025
2026 yilgi rejalar, yangi gaz koni va budjetning yopiq muhokamasi - hafta dayjesti
13:29 / 25.12.2025
Deputatlar qonundan tashqari ishlatilgan 41 trln so‘m xarajatni “yashirincha” tasdiqlab bergan
14:30 / 25.11.2025
Avtomobilni sotishda yurgan masofasini yashirganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
15:31 / 19.11.2025