Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dilshod Ro‘zmetov g‘alabali yurishini davom ettirdi
15 sentabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining yana bir vakili muvaffaqiyatli yurishini davom ettirdi.
-81 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Dilshodbek Ro‘zmetov jahon chempionatidagi ikkinchi jangini kongolik Pita Kabeji Peterga qarshi o‘tkazdi va 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, 1/8 finalga yo‘l oldi.


Dilshod Ro‘zmetov turnirdagi ishtirokini saralash bosqichida boshlagan, ilk jangda u mo‘g‘ulistonlik Narmandax Shinebayarni yaqqol ustunlik bilan mag‘lub etgandi.
15 sentabr kungi janglar doirasida o‘zbekistonlik Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg) ham ringga chiqqan, u braziliyalik Duglas de Andradeni mag‘lubiyatga uchratib, nimchorak final bosqichiga o‘tgandi.
Bugungi dasturda O‘zbekiston boks terma jamoasining yana bir vakili Sanjar Tursunov (-91 kg) ham turnirdagi ishtirokini boshlaydi. U braziliyalik Abner Teysheyra bilan jang nimchorak final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.
Turnir 21 sentyabrga qadar davom etadi. Turnirda jahonning 91 mamlakatidan jami 488 nafar sportchi ishtirok etmoqda.
Mavzuga oid
08:18 / 19.09.2025
Yekaterinburgda mushkul ahvolda qolgan ona va uning farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
07:53 / 11.09.2025
Yekaterinburgda mushkul ahvolda qolgan 16 nafar ayollar va bolalar olib kelindi
21:44 / 02.07.2025
Ozarboyjon-Rossiya mojarosi: Bokuda ushlangan rossiyaliklar haqida nimalar ma’lum?
21:40 / 01.07.2025