Nur-Sultonda ilk medal. Aram Vardanyan kumush bilan kifoyalandi

Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida sport kurashlari bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ilk medalni qo‘lga kiritdi.
Yunon-rim kurashi bo‘yicha -72 kilogramm vazn toifasida finalga chiqqan o‘zbekistonlik Aram Vardanyan hal qiluvchi bahsda rossiyalik Abuyazid Mansigovga 0:9 hisobida yutqazib qo‘ydi va musobaqaning kumush medali bilan kifoyalanadigan bo‘ldi. Bu O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi ilk medali bo‘ldi.
Saralashda Aram Vardanyan avvaliga Ruslan Ahamalyiyeni (Belarus) 9:1, 1/8 finalda Hu Jung Jangni (Xitoy) 8:0 hisobida yengandi. Chorak finalda u germaniyalik Feliks Vidmayerdan, yarim finalda esa bolgariyalik Aik Mnatsanyandan ustun kelgandi.
14 sentabr kungi bahslarda -82 kg vazn toifasida yarim finalga yetib borib, gruziyalik Lasha Gobadzaga yutqazib qo‘ygach, bugun bronza medal uchun gilamga chiqqan Nurbek Hoshimbekov xitoylik Xaitao Tsian bilan kurashib, mag‘lub bo‘ldi (tushe) va medalsiz qoldi.
Bugun bo‘lib o‘tgan bahslarda -87 kg vaznda ishtirok etgan Rustam Assakalov yarim finalga qadar yetib borib, Tokio olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Ammo Assakalov final ostonasida vengriyalik Viktor Lorinsga yutqazdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakuniga yetdi. Qoidaga ko‘ra, so‘nggi ball ustunligi bilan g‘alaba vengriyalik kurashchiga taqdim etildi.
Endi Assakalov ertaga bronza medali uchun kurashadi.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Akmal Shukurov Qozog‘istondan Toshkentga ekstraditsiya qilindi
O‘zbekiston | 16:30
-
Umummilliy birdamlik va hamjihatlikni ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 16:26
-
Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita tashkil etiladi
O‘zbekiston | 16:25
-
Putin Mirziyoyevni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi
O‘zbekiston | 15:54
Mavzuga oid

23:47 / 07.08.2024
Parij-2024. Assakalov bronza uchun bahsda jarohat olib faoliyatini yakunladi, Vardanyan ham turnirni medalsiz tugatdi

12:54 / 23.09.2023
Yunon-rum kurashi. Aram Vardanyan Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

10:37 / 18.09.2022
Endi Nur-Sulton emas. Qozog‘iston poytaxti nomi 30 yilda to‘rtinchi bor o‘zgarmoqda

16:27 / 13.09.2022