Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahram G‘iyosov Antaliyada ochiq mashg‘ulot o‘tkazib, shahar hokimi bilan uchrashdi
Rio olimpiadasi qahramonlaridan biri, boks bo‘yicha jahon chempioni Shahram G‘iyosov Antaliyada Buyukshehir hokimi Muhiddin Bo‘jyek qabulida bo‘ldi. Uchrashuvda Shahram hokimni yoshlarning zararli illatlardan uzoq bo‘lishiga bag‘ishlangan boks bo‘yicha ochiq mashg‘ulotiga taklif qildi.
Muhiddin Bo‘jyek uchrashuvdan mamnun ekanini bildirdi: «Muvaffaqiyatlaringiz bilan qutlayman va ularning davomli bo‘lishini tilayman. O‘zbekiston va Turkiya qardosh mamlakatlar, sizning g‘alabangiz bizniki hamdir», dedi shahar hokimi.

Shahram G‘iyosov Antaliyaga birinchi marta kelganini aytib, tadbir haqida atroflicha ma'lumot berdi. Bu ochiq mashg‘ulotni o‘zi uchun muhimligini ta'kidlagan bokschi, yoshlarni zararli illatlardan uzoqlashib, sportga targ‘ib qilish bo‘yicha bu kabi targ‘ibot tadbirlari dunyoning boshqa davlatlarida ham shou sifatida uyushtirilishini ma'lum qildi.

Shahram G‘iyosov yoshlarni narkotik va tamaki chekishdan uzoqlashish mavzusiga bag‘ishlangan ochiq mashg‘ulotini 14 sentabr kuni Antaliya Konyaalti Achikxava teatrida o‘tkazdi.
Mavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
10:07 / 20.04.2026
O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan davlatlar soni 167 taga yetdi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
17:24 / 06.01.2025