Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an qochqinlar uchun shaharlar qurishni taklif qildi
Anqara Suriya bilan chegaradagi xavfsizlik hududida “terrorchilik yo‘lagi” tashkil etilishiga yo‘l qo‘ymaydi va u yerda “qochqinlar uchun shaharlar” yaratishni taklif qiladi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha Anqarada Rossiya, Eron va Turkiya prezidentlari ishtirokida o‘tgan uch tomonlama sammitda aytib o‘tdi.
“Suriyaning chegara hududida qochqinlar bog‘bonchilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanishlari uchun ularga shahar yaratish kerak. Hamkasblarimga ular uchun infratuzilma yaratish kerakligini tushuntirdim. Terrorchilik yo‘lagi tashkil etilishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim”, deb aytgan Turkiya yetakchisi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026