Toshkent shahar IIBB Tashkiliy boshqarmasiga boshliq tayinlandi
Toshkent shahar IIBBda yangi tayinlov amalga oshirildi.
Mayor Ilhom Istamovich Fayzullayev Toshkent shahar IIBB Tashkiliy boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Ilhom Fayzullayev 1981 yil Buxoro viloyatida tavallud topgan. Ma'lumoti oliy, 2003 yilda Toshkent davlat yuridik institutini (hozirda Toshkent davlat yuridik universiteti) tugallagan.
Ichki ishlar organlarida xizmatni 2008 yilda Toshkent shahri Yunusobod tumani IIB (hozirda Yunusobod tumani IIO FMB) Tergov bo‘limi tergovchisi sifatida boshlagan. 2010-2016 yilladra Toshkent shahar Yunusobod tumani IIB Tergov bo‘limi bo‘linmasining katta tergovchisi, o‘ta muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchi bo‘lib xizmat qilgan.
U 2016-2017 yilning may oyigacha Toshkent shahar Mirobod tumani IIB (hozirda Mirobod tumani IIO FMB) Tergov bo‘limi bo‘linmasi boshlig‘i bo‘lgan. 2017 yil may oyidan 2018 yilning mart oyiga qadar Toshkent shahar Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari-surishtiruv bo‘linmasi boshlig‘i, 2018 yilning mart oyidan 2019 yilning aprel oyigacha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i, Toshkent shahar Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB 8-son Ichki ishlar bo‘limi Tergov bo‘linmasi boshlig‘i, Toshkent shahar Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB 4-son ichki ishlar bo‘limi Tergov bo‘linmasi boshlig‘i lavozimlarida xizmat olib borgan.
2019 yilning aprel oyidan avgustga qadar – Shayxontohur tumani IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari – TB tergov bo‘linmalari faoliyatini tahlil qilish bo‘linmasi boshlig‘i sifatida ishlagan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Propiska mashmashasi, “sud-pud demaydigan” hokim va Rossiyaga nota - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:15
-
Erondagi cheklovlar sababli Dubay va Sharm ash-Shayxga aviareyslar jadvali o‘zgartirildi
O‘zbekiston | 08:39
-
Eron Isroilga yangi raketalar to‘lqinini uchirdi
Jahon | 07:41
-
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Mavzuga oid

18:18 / 11.02.2025
Shovotda profilaktika inspektori eri Rossiyada bo‘lgan ayolning uyida ushlandi

21:03 / 31.01.2025
«Antiterror-tozalash» tadbirlarida 169 nafar shaxs qamoqqa olindi

16:03 / 25.01.2025
Bank xodimasiga nisbatan jurnalist surishtiruvi o‘tkazgan telekanal muxbiri IIBga chaqirtirildi

11:52 / 22.01.2025