Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda bir kun ichida ikkinchi terakt sodir etildi
Afg‘onistonda 28 sentyabrga belgilangan prezident saylovlariga 2 haftadan kamroq vaqt qolganda ikkita terakt sodir etildi.
Birinchi terakt Afg‘onistonning Parvon viloyatida mamlakat prezidenti Ashraf G‘anining saylovoldi kampaniyasi vakillari yig‘ilishi o‘tadigan joy yonida sodir etilgan. Tadbir bo‘lib o‘tayotgan hududga kirishda turgan politsiya mashinasiga o‘rnatilgan bomba portlatilgan. Oqibatda 26 kishi halok bo‘lgan, 42 kishi jarohat olgan, prezident va uning hamrohlari jabrlanmagan.

Shuningdek, poytaxt Kobulda mudofaa vazirligi yonida yana bir portlash sodir etilgan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu terakt oqibatida 22 kishi halok bo‘lgan, 38 kishi yaralangan.
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani teraktlarga qaramay mamlakatda saylovlar o‘tkazilishini aytgan. Avvalroq ular bir necha marta qoldirilgandi.
“Prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi”, deb aytgan G‘ani. Uning ta'kidlashicha, mamlakat xavfsizlik kuchlari xalq ovoz bera olishi va mamlakat taqdirini belgilay olishi uchun saylovlarda xavfsizlikni ta'minlashi lozim.
Avvalroq “Tolibon” harakati saylovlarga to‘sqinlik qilish bilan tahdid qilgan. BMT bosh kotibining maxsus vakili jangarilar saylovlarda ishtirok etuvchi fuqarolarni nishonga olishi mumkinligidan xavotir bildirgan.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026