Jahon | 20:54 / 17.09.2019
8573
1 daqiqa o‘qiladi

General Motors ish tashlashlar sababli kuniga 100 mln dollar zarar ko‘rishi mumkin

Imtiyoz va oyliklar oshirilishini talab qilayotgan ishchilarning ish tashlashlari General Motors kompaniyasiga kuniga 100 mln dollargacha tushishi mumkin. Bu haqda The Wall Street Journal so‘rov o‘tkazgan tahlilchilar ma'lum qilishdi. 

Credit Suisse ekspertlarining aytishlaricha, ish tashlashlar davom etadigan bo‘lsa, GM sutkasiga 50 mln dollardan ortiq mablag‘ yo‘qotadi, Morningstar Inc hisob-kitobiga ko‘ra esa bu raqam 80 mln dollar atrofida, Citigroup tahlilchilariga ko‘ra 100 mln dollarga yaqin bo‘ladi.

AQSh avtomobilsozlik xodimlari kasaba uyushmasi tashkil etgan aksiyada 16 sentyabrdan buyon 33 korxona va 22ta omborning 46 ming nafarga yaqin ishchisi qatnashmoqda.  

Kasaba uyushmasi vakillari GM to‘liq quvvat bilan ishlamayotgan zavodlarini yopmasligini, ishchilarning oylik va imtiyozlarini oshirishini va vaqtinchalik asosda yollanganlar uchun bandlik kafolatlarini yaxshilashini talab qilmoqda. 

Mavzuga oid