Xitoyda insonni qo‘lidagi vena tomirlari bo‘yicha masofadan tanuvchi tizim ishlab chiqildi
Xitoylik tadqiqotchilar insonni qo‘lidagi vena tomirlari bo‘yicha masofadan tanuvchi tizimni ishlab chiqishdi. Tadqiqotchilarning fikricha, u kelgusida QR-kod va yuzdan tanuvchi tizim o‘rnini egallashi mumkin. Bu haqda Zhongguo Xinwenwang nashri xabar berdi.
AirWave deb nomlangan texnologiya sun'iy ongga asoslangan. U yirik vena va kapillyar tomirlarning qo‘ldagi joylashuvini farqlash imkonini beradi. Foydalanuvchi identifikatsiyadan o‘tish uchun qo‘lini ko‘tarib tushirishi kifoya qiladi.
Tizimni ishlab chiqqan Melux kompaniyasi asoschisi Se Tsinluning ta'kidlashicha, teri ostida joylashgan asosiy vena va kapillyarlar har bir insonda o‘ziga xosdir va yirik shahardagi yo‘llar tizimidan ham murakkabroq. Uning aytishicha, tizim bir qo‘lni qolgan milliard qo‘llar ichidan soniyaning uchdan bir qismidan qamroq vaqt ichida aniqlay oladi.
Texnologiya Guandun viloyatining ba'zi kafelari va hukumat muassasasalarining jamoat hududlarida qo‘llanmoqda. Hozirda kompaniya Guanchjou metrosi operatori bilan tizimni metroda qo‘llash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Kompaniya rahbarining ta'kidlashicha, bunday texnologiyalar istiqbolda naqd pullar, bank kartalari va QR-kodlar o‘rnini egallashi mumkin va moliya, jamoat transporti va jamoat xavfsizligi kabi sohalarda keng qo‘llanishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qashqadaryodagi bog‘chada 2 yoshli qiz ariqqa cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 18:46
-
Istanbul meriyasining 30 nafardan ortiq xodimi hibsga olindi
Jahon | 18:39
-
«Kimgadir yoqadimi-yoqmaydimi, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda davom etamiz» - Abdulaziz Komilov
O‘zbekiston | 18:24
-
Rossiya «bufer zona» yaratish uchun Sumi oblastiga hujum qilmoqda. Bu amalga oshadimi?
Jahon | 17:33
Mavzuga oid

14:11 / 30.05.2025
Bloomberg: Xitoy Rossiyaga dron yetkazib berishni ko‘paytirdi

22:44 / 29.05.2025
Xitoylik erkak paraplanda tasodifan 8589 metr balandlikkacha ko‘tarildi

19:44 / 29.05.2025
Xitoy o‘zining ko‘p martalik tashuvchi raketasini sinovdan o‘tkazdi

19:31 / 29.05.2025