Sport | 20:40 / 18.09.2019
9162
2 daqiqa o‘qiladi

Dilshod Ro‘zmetov ham yarim finalda. O‘zbekiston kamida 4ta medalni naqd qildi

Rossiyaning Yekaterinburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining o‘ninchi kun bahslarida kechki dasturdan o‘rin olgan janglar bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekistonning yana bir vakili turnir yarim finaliga chiqdi.

-81 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Dilshod Ro‘zmetov bu bosqichda ozarboyjonlik Loren Alfonso Domingesga qarshi bahs olib bordi. Uch raund natijalariga ko‘ra, hakamlar O‘zbekiston vakilini g‘olib deb topishdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston boks terma jamoasining yarim finalga chiqqan vakillari soni 4 nafarga yetdi.

Bungacha Shahobiddin Zoirov (-52 kg), Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg) va Bobo Usmon Baturov (-69 kg) yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

O‘zbekiston boks terma jamoasining yana bir vakili, +91 kg vazn toifasidagi Bahodir Jalolov ham bugun yarim final uchun jang qiladi.

+91 kg: Bahodir Jalolov – Richard Torres (AQSh) (B ring, boshlanish vaqti – 20:45).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid