Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boysun tumaniga yangi hokim tayinlandi
Bugun, 19 sentabr kuni Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Surxondaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Sessiyada viloyat hokimi To‘ra Bobolov, tuman Kengashi deputatlari, viloyat va tuman hokimliklari vakillari, korxona va tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sherzod Kudbiyev ishtirok etdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. To‘rayev O‘ktam Ismoilovich boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Boysun tumani hokimi vazifasidan ozod qilindi. Shu kungacha Sariosiyo tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Jo‘rayev Asqarali Choriyevich Boysun tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Ma'lumot o‘rnida, Jo‘rayev Asqarali Choriyevich 1972 yilning 17 martida Denov tumanida tug‘ilgan. 1994 yilda Namangan sanoat-texnologiya instituti, 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
2016 yilda Sariosiyo tumani hokimi etib tayinlangunga qadar, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Mavzuga oid
19:21 / 05.01.2026
Boysundagi kondan nafaqat gaz, balki neft ham yer yuzasiga chiqmoqda
12:10 / 05.01.2026
Boysunda neft sizib chiqdi. Vazirlik vaziyat nazoratga olinganini ma’lum qildi
22:32 / 17.12.2025
Yunusobod va Sergeli tumanlariga yangi hokim tayinlandi
18:59 / 17.12.2025