O‘zbekiston | 20:40 / 19.09.2019
19837
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda metro qurilishi munosabati bilan yana bir yo‘l qisman yopiladi

19 sentyabrdan 25 noyabrga qadar Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi Gavhar ko‘chasining bir qismi, ya'ni «Olmazor» metro bekati ro‘parasidagi yo‘l qisman yopiladi.

Poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, bu Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishi qurilishi ishlari bilan bog‘liq.

Endilikda avtotransport vositalari harakati aylanma yul orqali amalga oshiriladi.

«Avtotransport vositalari harakati aylanma yo‘l orqali amalga oshiriladi. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz», — deyiladi xabarda.

Bundan avvalroq Amir Temur ko‘chasining bir qismi metro qurilishi tufayli dekabr oyigacha yopilishi xabar qilingandi.

Mavzuga oid