Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampga Zelenskiyga bosim o‘tkazgani uchun impichment e'lon qilinishi mumkinligi aytildi
Adam Shiff/ Foto : AP
AQSh kongressining razvedka qo‘mita raisi Adam Shiff CNN telekanaliga AQSh prezidenti Donald Trampning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga bosim o‘tkazgani isbotlansa, unda prezident impichmenti vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li bo‘lishi mumkinligini aytdi.
“Agar prezident harbiy yordamni ushlab tursa va shu bilan birga xorijiy yetakchini tahdidlar bilan qonunga xilof biror ishni qilishga majburlasa, prezident kampaniyasi bo‘yicha raqibini yomonotliq qilishga urinsa, unda impichment yagona yo‘l bo‘lishi mumkin”, deb aytgan Shiff.
Avvalroq The Wall Street Journal Tramp iyulda Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatlashganda undan AQShning sobiq vitse-prezidenti Joy Baydenning o‘g‘li, 2019 yilgacha Ukrainaning Burisma Holdings gaz kompaniyasi direktorlar kengashi tarkibiga kirgan Xanter Baydenga nisbatan tergov boshlashni talab qilganini ma'lum qilgan. Bu ma'lumot paydo bo‘lgach, Bayden Trampni Ukraina prezidenti bilan suhbati stenogrammasini berishga chaqirgan. Tramp va Bayden 2020 yilgi prezident saylovlarida ishtirok etishni rejalashtirishgan.
Trampning aytishicha, bu suhbatda hech qanday muhim gap bo‘lmagan. U “yolg‘onchi” OAV va Demokratik partiyani ushbu voqeani to‘qib chiqarishda ayblagan.
Mavzuga oid
20:18 / 18.12.2025
Oq uyda Obama va Baydenni mazax qiluvchi lavhalar o‘rnatildi
16:40 / 18.12.2025
«Yevropalik cho‘chqachalar qulashimizdan umid qilgan» - Putin Bayden ma’muriyati va yevropaliklarni urushni boshlashda aybladi
18:10 / 29.11.2025
Tramp Baydenning avtopero bilan imzolangan farmonlarini bekor qilishini aytdi
11:00 / 03.11.2025