O‘zbekiston | 21:56 / 23.09.2019
7875
2 daqiqa o‘qiladi

«2019 yil yakuniga qadar O‘zbekistonga keladigan sayyohlar soni 6,5 mln bo‘ladi» ─ Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi

23 sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda turizmni rivojlantirish bo‘yicha joriy yil yakuniga qadar amalga oshirilishi ko‘zlangan ko‘rsatkichlar haqida ma'lumotlar berildi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Abdulaziz Oqqulovning so‘zlariga ko‘ra, joriy yil yakuniga qadar O‘zbekistonga tashrif buyuradigan sayyohlar soni 6,5 millionga yetishi kutilmoqda. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 15 foiz ko‘proqni tashkil etadi.

«Turizm xizmatlari eksporti yil yakunida umumiy hisobda 1,301 mln dollarni tashkil etishi mo‘ljallangan. Shuningdek, xorijiy mehmonlarni qabul qilish sig‘imini oshirish maqsadida 28 ming xonaga ega bo‘lgan 1142ta mehmonxona barpo etilishi rejalashtirilgan. O‘tgan yili 106tani tashkil etgan oilaviy mehmonxonalarning umumiy soni 800taga yetishi kutilmoqda. Turizm faoliyatining asosiy sub'yekti hisoblangan turoperatorlar soni esa yil yakunida 1400dan oshishi ta'minlanadi», ─ deya Oqqulovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Abdulaziz Oqqulov

Shuningdek, vizasiz rejim joriy etilgan davlatlar ro‘yxatining kengayayotgani xususida ma'lumot berildi. Ma'lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 47ta mamlakat fuqarolari uchun vizasiz rejim tatbiq etildi, elektron viza olish imkoniyatiga ega mamlakatlar soni 77taga yetkazildi. Ikki va ko‘p marotabali elektron viza berish tizimi joriy etildi.

«Mazkur ishlar natijasida 2019 yilning o‘tgan 8 oyida viza rejimi bekor bo‘lgan mamlakatlardan tashrif buyuruvchi turistlar soni o‘rtacha 56 foizga, jami turistlar tashrifi esa 27 foizga o‘sdi», ─ deya ta'kidlaydi Abdulaziz Oqqulov.

Саодат Абдураҳмонова
Tayyorlagan Саодат Абдураҳмонова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid