O‘zbekturizm Registondagi yahudiylar bayrami va Ichan qal'ada yoga bilan shug‘ullangan bloger bo‘yicha munosabat bildirdi
23 sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mas'ul xodimlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda turizmni rivojlantirishda Prezident farmon va qarorlarining ijrosi xususida ma'lumot berildi.
Anjuman chog‘ida Registon maydonida yahudiylar kongressining bayram dasturi bo‘lib o‘tgani va Butunjahon inflyuyenserlar kongressi davomida bloger qizning tarixiy hududda gimnastika kiyimida video tasvirga olgani, bu ikki holatga noroziliklar bildirilgani masalasi ko‘tarildi. Mazkur ikki holatga qo‘mita mutasaddilari o‘z munosabatlarini bildirishdi.
Saidkomil Xolxo‘jayev, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining ziyorat turizmi bo‘yicha mas'ul vakili:
─ O‘zbekistonga faqatgina musulmon emas, boshqa dindagi shaxslar ham keladi. Shu bois sayyohlarning hozirgi kunda ham diniy an'analar amalga oshiriladigan binolarda ba'zida axloqdan tashqari harakatlarni qilishlari bo‘yicha murojaatlar kelib tushadi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Musulmonlar idorasi bilan hamkorlikda nafaqat Islom, balki boshqa diniy binolar uchun ham sayyohlarning kirib-chiqishi, ust-boshi, o‘zini tutishi bilan bog‘liq qat'iy tartibni ishlab chiqyapmiz. Bu tartib tegishli binolarning barchasiga taqdim qilinadi. Turistik kompaniyalarga ham yetkaziladi. Individual tarzda keladigan sayyohlar ham bunday tartib-qoida bilan tanishtiriladi.
Abdulaziz Oqqulov, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi:
─ Samarqand ham, Buxoro ham faqatgina ziyoratgoh emas, omma uchun ochiq joy. Bunday hududlarga daromad manbai sifatida qaraladi, ularni maksimal darajada monetizatsiya qilish biz uchun muhim. Lekin diniy tomondan muqaddas hisoblangan nuqtalarda muayyan qoidalarga rioya etilishi zarur. Bu jihatlar ishlab chiqilayotgan nizomda qayd etiladi.
Behruz Hamzayev, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi maslahatchisi:
─ Xivadagi minora fonida video tasvirga olgan bloger qiz o‘z blogi orqali sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qiladi, shuning uchun ham shunaqa video olingan. U tushgan video yoga targ‘iboti. Ochiq kiyim emas, sport nuqtai nazaridan talab etilgan elastik kiyimda bo‘lgan. U turgan joy diniy xarakterga ega bo‘lgan bino emasdi. Inflyuyenserlarning har biriga har bir joyga borganda nimalarga e'tibor berishi kerakligi haqida ma'lumot berilgan. Talab etilgan joyda ro‘mol ham o‘rattirganmiz.
O‘zbekiston faqatgina buvijon-bobojonlarning joyi emas. Bu yerga yoshlar, zamonaviy odamlar ham keladi. Kelgan blogerlar nojo‘ya tasvirlarni tarqatishgan hollarda aloqaga chiqib, tushuntirib, suratlarni oldirtirganmiz ham. Biz ham bunga e'tibor beramiz. Lekin hammaga bag‘rikenglik bilan munosabatda bo‘lish kerak.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Islandiyada harakatga kelgan vulqon sabab aholi evakuatsiya qilinmoqda
Jahon | 00:13
-
Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi
Jahon | 23:24 / 01.04.2025
-
Xitoyda birinchi marta operatorlarga uchar taksilardan foydalanishga ruxsat berildi
Fan-texnika | 23:16 / 01.04.2025
-
Ukrainada 20 km masofaga ucha oladigan optik tolali FPV-dronlar sinovdan o‘tkazildi
Jahon | 23:14 / 01.04.2025
Mavzuga oid

11:52 / 22.01.2025
“Pulni savatga qo‘y va ketaver” – IIB xodimlari Registonga borgan sayyohdan pul so‘radi

10:31 / 14.11.2024
AQSh Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi

18:59 / 15.09.2024
Foto: Germaniya kansleri Registon ansambli bilan tanishdi

11:58 / 27.08.2024