VIVACE – Sun'iy Intellektga ega LG kir yuvish mashinalarining yangi to‘plami
Turli xil matolarni yuvishda individual yondashuv ajoyib natija va foydalanuvchilarga qulaylik yaratadi.
Bir necha yillar avval kichkina hajmdagi kirlarni sig‘dira oladigan standart kir yuvish mashinalaridan tashqari tanlash uchun boshqa bir takliflar bo‘lmagan bo‘lsa, endilikda bozorlarda turli xildagi matolarni yuvishga mo‘ljallangan, misol uchun, sport kiyimlari, ichki kiyimlar, choyshablar va ochiq rangdagi kiyimlarni yuvishga mo‘ljallangan kir yuvish mashinalarining keng turlari taklif qilinmoqda.
LG Electronics (LG) kompaniyasi vaqtdan o‘zgan holda, takomillashtirilgan dvigatelli Sun'iy Intellektga ega bo‘lgan yangi AI DD noyob kir yuvish mashinasini taqdim etdi va bu kir yuvish mashinasi o‘zi mustaqil holda kirlarning og‘irligini o‘lchaydi, matoning turini va 20 000 ta kir yuvish kombinatsiyasining ma'lumotlar bazasiga tayangan holda unga mos bo‘lgan kir yuvish algoritmini aniqlaydi. Bu esa matolarning shikastlanishini 18%ga kamaytiradi va sevimli kiyimingizning uzoq yillar xizmat qilishini ta'minlaydi. Foydalanuvchiga esa faqatgina yuvilishi lozim bo‘lgan kiyimlarni kir yuvish mashinasiga joylash va uni ishlatish vazifasi topshiriladi.
LG VIVACE kir yuvish mashinalarining to‘plami 8,5 kg va 10,5 kg ko‘rinishlarda taqdim etilgan.
Takomillashgan TurboWash 360 texnologiyasi yordamida to‘liq kir yuvish jarayoni atigi 39 daqiqa davom etadi. Baraban kirlarni yaxshilab yuvish uchun suv va yuvish vositalarini to‘rt xil yo‘nalishda purkaydi. Steam Plus funksiyasi allergenlarning 99,9%ini neytrallaydi va g‘ijimlarni 30%ga tekislaydi. Sun'iy Intellektga ega AI DD yangi «aqlli» kir yuvish mashinalarida LG muhandislari kir yuvish mashinalarining oldingi o‘lchamlarini saqlab qolgan holda, ichki baraban hajmini 32 foizga kattalashtirishga muvaffaq bo‘lishdi.
LG kir yuvish mashinalarini sotib olish bo‘yicha quyidagi manzillarga murojaat qiling:
- «Fleshka» texnobozori (sobiq «Malika» fabrikasi);
- «Ipak Yo‘li» bozori (sobiq «Abu-Saxiy»);
- MEDIAPARK bozori tarmoqlari (+998 71 203 77 07);
- «GOODZONE» do‘konlari tarmog‘i (+99871 207 03 07);
- «Credit Asia» do‘konlari tarmog‘i (+998 78 140 00 11);
- «Next» SKMdagi LGning rasmiy do‘koni (+99895 143 00 03).
Servis xizmatlari masalalari bo‘yicha esa, iltimos, LG xaridorlarini qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat eting: 0800 120-22-22. O‘zbekiston aholisi uchun ushbu raqam bepul. Muhim: raqamni to‘liq terish lozim.
LG Uzbekistan rasmiy sahifalarini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Facebook: fb.com/LGUzbekistan
Instagram: @LGUzbekistan
Telegram: t.me/lguzbekistan
Reklama huquqi asosida