«O‘zavtosanoat» maqsadi 100 ming avtomobil eksport qilish – Shavkat Umurzoqov

Foto: KUN.UZ
Yiliga kamida 100 ming avtomobil eksportga. «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqovning Kun.uz muxbiriga ma'lum qilishicha, uning kompaniya rahbarligidagi bosh maqsadi ko‘proq avtomobilni xorijiy bozorga yetkazib berishdir.
«Ehtiyot yoki butlovchi qismlarni mahalliylashtirish masalasi ishlab chiqilayotgan avtomobillar soniga bevosita bog‘liq. Misol uchun, motor yoki transmissiyani to‘liq lokalizatsiya qilish uchun kamida 400 ming dona avtomobil ishlab chiqarilishi zarur. Xavfsizlik yostiqchasini dunyoda atigi 3ta kompaniya ishlab chiqaradi. Shunga ko‘ra, ayrim ehtiyot qismlarni mahalliylashtirish qimmatga tushadi va iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamaydi. Mumkin bo‘lgan narsani bu yerda, albatta, amalga oshiramiz», - deya qayd etdi Umurzoqov.
U, shuningdek, O‘zavtosanoat tizimining asosiy maqsadiga ham to‘xtalib o‘tar ekan, bosh maqsad avtomobillar tannarxini arzonlashtirish ekanini bildirdi.
«Bizning maqsad, ilgarigidek, fuqarolar xohlasa-xohlamasa ham xarid qiladi, degan maqsad emas, balki ularga yoqadigan, narx jihatdan to‘g‘ri keladigan modellarni ishlab chiqarishdir. Bunda asosiy e'tibor tannarxga qaratiladi. Bir tomondan mahalliylashtirishni amalga oshiramiz. Bu bizlarning rivojlanishimizga, xaridor cho‘ntagiga, davlat budjetiga, eksportga, investitsiyaga har tomonlama qulay bo‘lishi kerak», - dedi «O‘zavtosanoat» rahbari.
«Bizlar eksport qila oladigan mahsulot chiqarsak, mening maqsadim, «O‘zavtosanoat» maqsadi kamida 100 ming mashina eksport qilishga erishish. Shunda to‘g‘ri rivojlanayotgan bo‘lamiz», - dedi Shavkat Umurzoqov.
U, shuningdek, «O‘zavtosanoat» 2019 yilda 270 ming avtomobil ishlab chiqarishini bildirar ekan, kompaniya Rossiyaga eksportni qayta boshlaganidan tashqari, o‘z avtomobillarini Qozog‘iston, Belorussiya, Ukraina, Qirg‘iziston va Afg‘onistonga eksport qilayotganini bildirdi. Xususan, shu yilning o‘tgan davri mobaynida Afg‘onistonga 2 mln AQSh dollariga teng avtomobillar yuborilgan.
Bundan tashqari, «O‘zavtosanoat» rahbari, «AvtoVAZ» kompaniyasining O‘zbekistondagi agressiv reklama siyosati xususida Kun.uz muxbiri bergan savolga o‘z fikrini bildirar ekan, bu «O‘zavtosanoat» mahsulotlari savdosiga umuman ta'sir ko‘rsatmasligini, sifat va narx masalasidagi natijani vaqt ko‘rsatishini ta'kidladi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya qo‘shini urush boshidan beri bir hujumda rekord darajadagi dronlarni uchirdi
Jahon | 17:25
-
Vatikanda yangi Rim papasining inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi
Jahon | 17:22
-
Dunyoda qariyb 300 mln kishi ochlik yoqasida ekani ma’lum qilindi
Jahon | 17:19
-
Tramp Putin bilan gaplashmoqchi. U «„qonli hammom“ni to‘xtatish»ni muhokama qilishi haqida yozdi
Jahon | 16:30
Mavzuga oid

16:09 / 15.05.2025
Damas va Labo ishlab chiqarishni to‘xtatish ko‘rib chiqilmayapti - “O‘zavtosanoat”

15:49 / 19.03.2025
Toshkentda Hunarmandlar markazi qurilishi kerak bo‘lgan yerga qurilgan “dom” buziladigan bo‘ldi

18:00 / 05.12.2024
O‘zbekistonda mahalliylashtirish hisobiga BYD'larning tannarxini pasaytirish rejalashtirilmoqda

19:34 / 25.11.2024