O‘zbekiston | 19:43 / 25.09.2019
9854
2 daqiqa o‘qiladi

Biznes uchun yangi QQS stavkasiga o‘tish uslubi ishlab chiqiladi

O‘zbekiston Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda yangi QQS stavkasiga o‘tish uslubini ishlab chiqadi. Bu haqda jurnalistlarga moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov ma'lum qildi.

Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev 1 oktyabrdan QQS stavkasini 20 foizdan 15 foizga tushirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

«Soliq qo‘mitasi bilan birgalikda soliq to‘lovchilarga tushuntirishlar tayyorlaymiz. Buni amalga oshirishning yagona uslubi bo‘ladi (hisoblash – tahr.)», dedi Sultonov.

«1 oktyabrgacha 20% stavkada sotib olingan narsalar mos ravishda 20% bo‘yicha hisobga olinadi, sotuvda esa 15% stavkada foydalaniladi. Oktabr oyida [budjetga] keladigan daromad normal ko‘rinishga ega bo‘ladi, noyabrda esa yangi stavkaning samarasi ko‘rinadi», deya qo‘shimcha qildi u.

Moliya vazirligining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, joriy yil oxirigacha QQS stavkasi pasayishidan davlat budjetining yo‘qotishi 1,5 trln so‘mdan ortiqroqni tashkil etadi.

Avvalroq moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov davlat yo‘qotishlarni qanday tarzda qoplashni mo‘ljallayotgani haqida ma'lum qilgandi

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid