«Obod qishloq» dasturi bo‘yicha belgilangan bozor infratuzilmasi obektlari umuman ro‘yxatga olinmagan» – Qurilish vazirligi
Bugun, 25 sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Obod qishloq» dasturini 2019 yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori ijrosi qay tartibda amalga oshirilayotgani yuzasidan mutasaddi vazirliklar ishtirokida press-brifing bo‘lib o‘tdi. Qurilish vazirligi matbuot kotibi v.b. Dilshod Jalolov qurilish obektlarini ro‘yxatga olinishi bo‘yicha ma'lumot berdi.
«Obod qishloq» dasturi bo‘yicha savdo-maishiy ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi obektlari 2532tani tashkil etadi. Hech qaysi viloyatda bunday obektlar ro‘yxatga olinmagan. Joy tanlanishi, bu obektlarga tadbirkorlarni jalb qilish, loyihalarni tayyorlash kabi jarayonlar mahalliy hokimliklar zimmasiga tushadi. Hududiy nazorat inspeksiyalar tomonidan bu va boshqa obektlar qurilishi davomida jami 6 ming 866 marta nazorat ishlari olib borilgan. Tekshiruv davomida kamchiliklar aniqlandi va ularni bartaraf etish bo‘yicha 1 ming 624ta yozma ko‘rsatmalar buyurtmachi, loyiha va pudratchi tashkilotlarga yetkazilgan. 122ta obekt sifatsiz bajarilgani uchun 2 mlrd 233 mln so‘m mablag‘ buyurtmachi hisobidan chegirib qolingan. Namangan viloyatida eng ko‘p shunday holat (13ta) kuzatildi. Qonunbuzilish holati bo‘yicha 53 nafar mansabdor shaxslarni ma'muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha ish olib borildi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Jalolovning ta'kidlashicha, dasturda belgilanganlar orasida 3 ming 431ta obekt ro‘yxatdan o‘tmagan. Bu raqam Jizzax viloyatida eng yuqori ko‘rsatkichni (344ta) tashkil qilyapti. Ro‘yxatning keyingi yetakchi o‘rinlarida Qashqadaryo (331ta) va Namangan (326ta) viloyatlari turibdi. Ro‘yxatdan o‘tmagan kommunikatsiya tarmoqlari soni bo‘yicha Xorazm viloyati birinchi o‘rinda ekanligi aytildi.
Mavzuga oid
18:00 / 17.07.2024
«Trest 12»ga tendersiz loyihalar, bajarilmagan va’da va “yengilmagan” korrupsiya – Botir Zokirovning 5 yili
08:39 / 06.12.2023
Qurilish vazirligiga shaharsozlik sohasida qo‘shimcha vakolat beriladi
13:26 / 31.08.2023
«O‘zsuvta’minot» aksiyalarini boshqarish vakolati Qurilish vazirligiga o‘tkazildi
13:08 / 10.05.2023