Xitoylik amaldor uyida 13,5 tonna oltin topildi
Xitoy huquq-tartibot idoralari Danchjou shahrining sobiq meri Chjan Tsi uyini tintuv qilganda katta miqdorda naqd pul topdi. Biroq politsiya uchun asosiy “topilma” yombilar ko‘rinishidagi 13,5 tonna oltin bo‘lgan. Bu “boylik”ning hammasi eng zamonaviy xavfsizlik tizimi bilan jihozlangan yerto‘lada yashirilgan bo‘lgan.
Xaynan turistik viloyatida joylashgan 500 ming kishilik shaharning meri Xitoy Kommunistik partiyasi kotibi bo‘lib ham ishlagan. Ayni vaqtda politsiya provinsial shaharcha meri shuncha yil davomida bunday ulkan boylikni va bir necha ming kvadrat metr maydonga ega hashamatli ko‘chmas mulkni qanday qilib yashirishga muvaffaq bo‘lganini aniqlashtirmoqdalar.
某个人民的仆人落马了!儋州市原市长,三亚市原市委书记,海口市原市委书记张琦(安徽人,中共党员现年57岁)九月六日落马。其住宅内起获黄砖金条金砖数量惊人,现金13.5吨。另查获帐面来路不明资金2680亿,多套千余平方的豪宅……。又一次刷新了记录,令吾辈叹为观止,贫穷再一次限制了我们的想象力! pic.twitter.com/6hcgKsaFwE
— 猪血旗下 (@h1300062810) September 24, 2019
Ta'kidlanishicha, politsiya topgan oltin 100 ta davlatning oltin zaxirasidan ko‘proqni tashkil qiladi.
Xitoyda korrupsiya uchun qat'iy qamoq yoki o‘lim jazosi ko‘zda tutilgan. Xitoyning amaldagi rahbari Si Tszinpin mamlakat rahbari lavozimini egallagan ilk kunlardan boshlab barcha darajadagi korrupsiyachilarga nisbatan “mutlaq betoqatlik” siyosatini boshlagan.
Ushbu aksilkorrupsiyaviy kampaniya nafaqat oddiy davlat xizmatchilari, balki yuqori lavozimli mansabdor shaxslar va davlat kompaniyalari raislariga ham qarshi qaratilgan.
Mavzuga oid
19:53 / 10.09.2024
Korrupsiyaga qo‘l urgan 566 nafar shaxs davlat ishiga qaytadan kirib, yana korrupsiyaga qo‘l urgan
19:11 / 23.08.2024
Qozog‘istonda 10 million dollarlik «tushunarsiz boylik» davlatga qaytarildi
09:46 / 23.08.2024
Toshkentda korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan mansabdorlar asosan qaysi idoralarda ishlagani aytildi
12:59 / 19.08.2024