Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2019 yilda O‘zbekistonga 4,3 mlndan ko‘proq sayyoh tashrif buyurdi
2019 yil boshidan beri O‘zbekistonga 4,3 mlndan ko‘proq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Sayyohlik oqimi o‘sishi 2018 yilning shu davriga nisbatan deyarli 27 foizni tashkil qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov O‘zA muxbiriga intervyusida ma'lum qildi.
Aqqulovning ta'kidlashicha, xorijiy sayyohlarga 854,5 mln dollarlik xizmat ko‘rsatilgan. Viza tartibi soddalashtirilib, hozirda 77 ta davlat fuqarosi O‘zbekistonga elektron viza olishi mumkin.
Yil oxirigacha sayyohlar soni 6,5 mlndan, mehmonxonalar soni 800 dan oshishi, turoperatorlar soni esa 1400 ga yetishi kutilmoqda.
Aqqulovning ma'lum qilishicha, davlat ro‘yxatiga 4 mingdan ko‘proq tarixiy yodgorlik, madaniy meros obektlari va ziyoratgohlar kiritilgan. Yil sayin Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Xiva, Qo‘qon vaToshkentga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni oshib bormoqda.
Mavzuga oid
12:44 / 07.01.2026
O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz kirish davlatlari soni oshiriladi
18:02 / 05.01.2026
O‘zbekistonda bir yilda 4 000 ta standart bekor qilindi
20:57 / 03.01.2026
O‘zbekiston va Pokiston huquqni muhofaza qilish sohasida hamkorlikni kengaytiradi
12:09 / 30.12.2025