Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi

Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobov lavozimidan ozod etildi. Bu ma'lumot Kun.uz’ning bir necha manbalari tomonidan tasdiqlandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Toshkent shahar prokurori tomonidan holat yuzasidan Toshkent shahar hokimi nomiga taqdimnoma kiritilgan, taqdimnoma ko‘rib chiqilishi natijasiga ko‘ra Vahobov egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.
Qo‘shimcha qilinishicha, boshqa holatlar yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan qo‘shimcha tekshirish harakatlari davom etmoqda. Ya'ni, Bosh prokuratura shahar prokuraturasining jinoiy ish qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi qarorini bekor qilib, ishni qaytadan ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq bergan.
O‘z navbatida, Toshkent shahar hokimligi Vahobovning ishdan olingani to‘g‘risidagi ma'lumotni rad etdi va bu haqda tarqalgan xabarlarni mish-mish deb atadi. Avvaliga hokimlikning telegramdagi kanalida bu haqdagi xabarlarga raddiya berildi, ko‘p vaqt o‘tmasdan bu ma'lumot o‘chirib yuborildi.
Eslatib o‘tamiz, Abdurasul Vahobov joriy yilning 14 avgust kuni Kun.uz tahririyati xodimlariga tahdid qilgan edi. Oradan bir kun o‘tib, Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati tomonidan A.Vahobovning videointervyusi e'lon qilindi va unda hokim o‘rinbosari Kun.uz muxbiri Rahmatillo Isroilov muqaddam undan tamagirlik yo‘li bilan yer talab qilgani va buning evaziga katta miqdorda pora taklif etgani haqidagi da'voni ilgari surdi.
Uning mazkur da'vosidan so‘ng Kun.uz zudlik bilan o‘z ichki surishtiruvini o‘tkazgan, muxbir R.Isroilov o‘ziga nisbatan A.Vahobov ilgari surayotgan ayblovlarni rad etgan edi. Shuningdek, R.Isroilov o‘ziga nisbatan og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab tuhmat qilgani uchun Olmazor tuman hokimi o‘rinbosari A.Vahobovga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali Bosh prokuraturaga shikoyat yo‘llagandi.
Biroz oldinroq, Toshkent shahar prokuraturasi Olmazor tuman hokimi o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etgani ma'lum bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron 400 kilodan ortiq boyitilgan uranni AQSh zarbalaridan yashirishga ulgurgan - Yevropa razvedkasi
Jahon | 23:36 / 26.06.2025
-
XVJ daromad solig‘ini tabaqalashtirishga chaqirdi. Iqtisodchi bunga qarshi to‘rtta sabab keltirdi
Iqtisodiyot | 23:08 / 26.06.2025
-
AQSh 2026 yilda yadro triadasini rivojlantirishga 60 mlrd dollar sarflashni rejalashtirmoqda
Jahon | 22:51 / 26.06.2025
-
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Belarusga yetib bordi
O‘zbekiston | 22:32 / 26.06.2025
Mavzuga oid

22:03 / 13.06.2025
Ko‘r-ko‘rona tergov va prokurorning yolg‘oni: Olmazorda ayol kamida 80 kundan beri asossiz hibsda o‘tiribdi

19:49 / 19.05.2025
«Talabalar festivali» o‘tkazilishi sabab Olmazor tumanidagi ko‘cha vaqtincha yopiladi

08:44 / 08.04.2025
Olmazor tumanida do‘kon yonib ketdi

15:38 / 13.02.2025