Jahon | 22:37 / 29.09.2019
10417
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya bosh vaziriga impichment xavf solmoqda

Britaniya parlamenti 30 sentyabrda bosh vazir Boris Jonsonga nisbatan impichment boshlash imkoniyatini muhokama qiladi. 

The Times nashrining yozishicha, bu taklifni leyboristik va liberal-demokratik partiyalar ko‘rib chiqadi. Bunga Jonsonning parlament ishini to‘xtatib qo‘yish qarori noqonuniy bo‘lgani borasidagi Oliy sudning qarori sabab bo‘lgan. 

Agarda parlamentning quyi palatasi ushbu tashabbusga ovoz bersa, Jonsonga nisbatan sud ishi boshlanadi.

Britaniya parlamenti 25 sentyabrda Jonson tomonidan to‘xtatib qo‘yilgandan keyin yana faoliyat yurita boshladi. Britaniya hukumati rahbari deputatlarda Brexit’dan oldin Yevropa ittifoqi bilan kelishuvni muhokama qilishga vaqtlari kamroq bo‘lishi uchun ularni 9 sentyabrdan 14 oktyabrgacha ishdan ozod etishni taklif qilgan.

Mavzuga oid